«Haqiqatga tik qaraylik, realist bölaylik. Pandemiyaning yaqqol namoyon bölişida biz Qozoğiston va Qirğizistondan atigi bir-ikki haftaga keçikyapmiz. (Qat'iy karantinning kuçiga kör-körona işonayotganlarga alangalik salom! Biz atigi bir-ikki hafta yutayapmiz, xolos).

Xohlaymizmi yöqmi, lekin ölim bilan boğliq xabarlar köpayib bormoqda. Bu ketişda qöşnilarimizning kuni bizning ham boşimizga tuşmasa deb qörqaman.

Xabarlarga qaraganda, amaldorlarimiz zudlik bilan sun'iy nafas oliş apparatlari va «tez yordam» maşinalarini sotib olişayotgan ekan. Şuningdek, hukumat kislorod konsentratlari uçun barça tölovlarni/tösiqlarni bekor qilibdi.

Bu juda yaxşi yangilik. Xöp, davom etamiz.

Tuşunarli bölişi uçun, ikki tomonlama zotiljam (pnevmoniya) köpinça jiddiy asoratlar keltirib çiqaradi va odam nafas ololmay qoladi. Qondagi kislorod miqdori pasayib ketadiki, bu hatto ölimga olib boradi. Eng qiyin hollarda sun'iy nafas oliş apparatiga ulaşadi, bu ham faqat şifoxona şaroitida amalga oşiriladi, agar apparatni töğri işlatadigan mutaxassis bölsagina.

Şifoxona va koykalar yetişmayotgan vaziyatda esa kislorod konsentratorlari sotib oliş juda muhimdir.

Qozoğistonda homiylar 6000dan ziyod konsentrator sotib olişibdi. Qirğizistonda esa AQŞ va Yevropadagi qirğiz diasporalari kamroq mablağ yiğib berişibdi, lekin u yerda 20 yoşli köngillilar apparatlar bilan uyma-uy yurib, nafas yetmayotgan, lekin şifoxonaga qabul qilinmagan yuzlab odamlarni qutqarişmoqda. Sofiya Aydana ismli qiz hafta davomida 187 odamning hayotini saqlab qoldi.

Bu kabi işlarni taşkil etişda har qanday foydali ma'lumoti uçun qozoq va qirğiz döstlarimizdan minnatdor bölardim.

Bizda hozirça şahrimizda hali kislorod konsentratorlari yöq. E'lonlar böyiça qönğiroq qilib, suriştirdim. 24 soat işlaydigan birorta 5 litrli kislorod konsentrator topa olmadim. Undan kam kislorod işlab çiqaradigan yoki undan kam vaqt işlaydigan apparatlarni izlaşning hojati yöq. Ularni faqat spa-salonlarda yoki uyda oddiy holatlarda nafas oliş uçun qöllaniş mumkin. Kovid zotiljamida u yordam bermaydi...

Xöp, qayerdan oliş kerak? Bizga qança köp bölsa, şunça yaxşi.

Butun dunyodagi konsentratorlarning 80 foizi Xitoyda işlab çiqariladi. Qozoğiston va Qirğiziston ularni töğridan-töğri işlab çiqaruvçilardan 250-300 dollardan sotib olgan. Yöl xarajatlari alohida.