Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni bu yerga taşrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qur'on tilovat qilindi.

- Rahmatli Musa oğa elni yaxşi körgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kişiga juda işonardim, Qoraqalpoğistondan könglim töq edi. Tili, dini, taqdiri, taşvişlari bir bölgan özbek va qoraqalpoq xalqlarining oğzibirçiligini qadrlardi. Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş, odamlarning birini ikki qiliş böyiça köp işlarni boşlagan edik. Endi bu işlarni, rejalarimizni döstlari bilan birga albatta davom ettiramiz, - dedi davlatimiz rahbari.

Şavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinişini ta'kidladi.

- Bu yerni Qoraqalpoğistonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Şunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qöysak, xalqimizga, yoşlarimizga namuna böladi, - deya prezidentning sözlarini keltirmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.