Jahon Banki tomonidan dunyo davlatlarining 2020 yil uçun inson kapitali indeksi e'lon qilindi. Dunyo aholisining 98 foizi istiqomat qiluvçi 174ta mamlakat iştirok etgan mazkur reytingga ilk marotaba Özbekistondagi soğliqni saqlaş va ta'lim sohasiga oid ma'lumotlar ham kiritilgan.

Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi xabariga köra, uşbu ma'lumotlar 2020 yil mart oyigaça bölgan davrni qamrab oladi va pandemiyagaça bolalar salomatligi va ta'limining asosiy körsatkiçi bölib xizmat qiladi.

Indeks qiymati 0dan 1gaça intervalda bölib, qiymat 1ga yaqinlaşişi bugungi bolalarning kelajakda qay darajada yetuk inson bölib şakllanişini körsatadi.

Uşbu tadqiqotlarda ilk marotaba iştirok etgan Özbekiston 62 foiz natija körsatgan. Ya'ni Özbekiston MDH mamlakatlari içida Belarus Respublikasi, Rossiya va Qozoğistondan keyingi öringa joylaşgan. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari miqyosida esa Qozoğiston va Özbekistondan taşqari, Qirğiziston 60 foiz, Tojikiston 50 foiz natija körsatgan.

image_2020-09-18_10-50-54.png

2020 yilga qadar Özbekistonning ma'lumotlari «Inson kapitali indeksi» reytingida e'lon qilinmagan. Özbekiston tomonidan faqat soğliqni saqlaş va iqtisodiy körsatgiçlar taqdim etilgan va bu Jahon banki tomonidan qabul qilingan. Biroq, 2017 yilga qadar mamlakat maktab öquvçilarini bilimini aniqlaş uçun ötkazilgan monitoring işlari xalqaro standartlarga mos ravişda emasligi sababli ta'lim sifati (öquvçilarning bilimini baholaş) böyiça taqdim etilgan ma'lumotlar qabul qilinmagan. 

Yurtimizda mavjud ta'lim sifati böyiça işonçli ma'lumot taqdim etiş uçun 2019 yilning noyabr oyida Ta'lim inspeksiyasi Jahon banki bilan hamkorlikda TIMSS xalqaro tadqiqotlari savollari asosida matematika böyiça maktab öquvçilarining bilimi örganilgan edi. Mazkur sinovlarda maktab öquvçilari qayd etgan natijalar ham yurtimizda inson kapitalini aniqlaşda muhim ma'lumot bölib xizmat qilgan.

Jahon banki Inson kapitali indeksi doirasida bolaning rivojlaniş trayektoriyasi (tuğilganidan voyaga yetguniça) qator muhim körsatkiçlar böyiça baholanadi: