Bugun, 25 sentabr kuni Farğona viloyati hokimligi majlislar zalida yiğiliş bölib ötdi. Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi yiğilişda taşkiliy masala körilgan.


Yiğilişda viloyatga 2011 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Şuhrat Ğaniyev boşqa işga ötayotgani munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani töğrisidagi prezident farmoni öqib eşittirilgan.
Prezident tavsiyasiga köra bugungiga qadar Namangan viloyati hokimi lavozimida işlab kelgan Xayrullo Hayitboyeviç Bozorov Farğona viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlangan.


Bundan oldinroq Şuhrat Ğaniyev boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimini egallaşi kutilayotgani haqida xabar qilingandi.
Xayrullo Bozorov 1976 yilda tuğilgan, Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagaç, 10 yil soliq tizimida işlagan.
Jumladan, 1995-2003 yillarda Namangan viloyat Davlat soliq boşqarmasida inspektor, katta inspektor, boş inspektor, bölim boşliği örinbosari va bölim boşliği sifatida faoliyat yuritgan. Söng Namangan şahar soliq inspeksiyasiga işga ötib, 2005 yilgaça avvaliga inspeksiya boşliğining birinçi örinbosari, söng inspeksiya boşliği bölgan.
2005-2008 yillarda Bozorov Namangan viloyat hokimligining Axborot-tahlil guruhi boş mutaxassisi, guruh rahbari, viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.











