Norma’ning yozişiça, «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan geolog» faxriy unvoni quyidagilarga beriladi:

geologiya, geofizika, gidrogeologiya, topografiya-geodeziya tarmoğining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga;

ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga.
 
Yerosti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantiriş, geologiya-qidiruvga oid işlab çiqarişni kengaytiriş, mineral-xomaşyo bazasini yaratiş va mustahkamlaş, foydali qazilma konlarini oçiş va sanoat yösinida özlaştirişga topşiriş, geologiya-qidiruv işlarini amalga oşirişda va foydali qazilmalarni qazib olişda ekologik jihatdan toza ilğor va innovatsion texnologiyalarni işlab çiqiş hamda joriy etiş, soha uçun çuqur bilimga ega kadrlar tayyorlaş borasidagi katta xizmatlar unvon berilişi uçun asos hisoblanadi.
 
Faxriy unvon bilan taqdirlangan şaxslarga diametri 30 mm va qalinligi 2,2 mm bölgan doira şaklidagi 925 probali kumuşdan tayyorlangan kökrak nişoni beriladi.
 
Eslatib ötamiz, «Xizmat körsatgan» faxriy unvoni berilgan kasb ustalariga har oyda iş haqiga yoki pensiyaga 1,6 BHM («xizmat körsatgan artist»larga – 1,8 BHM) miqdorida ustama tölanadi.
 
Qonun 1.12.2020 yildan kuçga kirdi.