Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov 2020 yilda is gazi va gaz portlaşidan jabr körgan fuqarolar soni haqida ma'lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Unga köra, 2020 yilning ötgan davrida is gazidan zaharlaniş bilan boğliq jami 52ta holat sodir bölib, ularda 69 nafar fuqaro jabrlangan, 61 nafari vafot etgan. Gaz portlaşi bilan boğliq 12ta holat kuzatilib, ularda 147 nafar fuqaro jarohatlangan, 19 nafari vafot etgan.

“Bunga köp qavatli uylarda isitiş tizimining yöqligi, natijada isiniş uçun gaz plitalari va elektr isitgiç uskunalarini yoqib qöyiş sabab bölmoqda.

Gaz quvurlarining nosozligi, muvofiqlik sertifikati, avtomatik sozlaş, nazorat qiliş asboblariga ega bölmagan isitiş moslamalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi natijasida is gazidan zaharlaniş holatlari röy bermoqda.

Joylarda gaz quvurlari, isitiş moslamalari, dudburonlar va şamollatiş kanallariga xizmat körsatiş töliq darajada yölga qöyilmagan. Tizimdagi muammolar sabab ayrim xonadonlar yillar davomida texnik körikdan ötkazilmagan, aholiga tuşuntiriş berilmagan”, dedi senator aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda kömir bilan ta'minlaş holatini örganiş böyiça ötkazilgan Senat kengaşi majlisida.