Çet elda işlayotgan Özbekiston fuqarolari hamda iş vaqtini hisobga olib bölmaydigan şaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamğarmasiga yagona ijtimoiy tölov tölaş, şuningdek tölangan yagona ijtimoiy tölovini, pensiyani hisoblaş uçun olinadigan iş stajini va iş haqi miqdorini hisobga oliş hukumatning 2016 yil 22 fevraldagi 46-son qaroriga köra tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solinadi, deyiladi Pensiya jamğarmasi matbuot xizmatining Kun.uz saytiga taqdim etgan ma'lumotida.

Nizomga muvofiq, çet elda yollangan holda işlovçi şaxs boşqa davlatda işlagan har bir oyi uçun Pensiya jamğarmasiga yagona ijtimoiy tölovni ixtiyoriy ravişda tölaydi.

Çet elda böliş davri mehnat daftarçasidagi yozuvlar, pasportdagi Özbekiston davlat çegarasini kesib ötganligi töğrisidagi yozuvlar (muhrlar, ştamplar yoki belgilar) hamda Özbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining körsatib ötilgan şaxsning boşqa davlatda bölgan vaqti va konsullik hisobiga qöyilganligi ma'lumoti körsatilgan tegişli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.

Bugungi kunda çet elda yollangan holda işlovçi şaxs tomonidan bir yil uçun tölanadigan ijtimoiy tölovning eng kam miqdori 2020 yil 1 dekabr holatiga 1 181 115 sömni taşkil etadi.

Çet elda yollangan holda işlovçi şaxs tomonidan yagona ijtimoiy tölov tölaş quyidagi tartibda amalga oşirilişi mumkin:

har oyda yoki har çorakda;
biryöla — Özbekistonga kelgan kunidan boşlab uç yil mobaynida. 

Pensiya jamğarmasiga yagona ijtimoiy tölov naqd pulsiz hisob-kitob böyiça tölangan taqdirda yagona ijtimoiy tölov tölanganligi töğrisidagi tölov hujjatida körsatilgan sana yagona ijtimoiy tölov tölangan kun hisoblanadi. Tölov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va tölov amalga oşirilayotgan davr albatta körsatilişi şart. Agar tölov hujjatida davr körsatilmagan bölsa, tölov u amalga oşirilayotgan oy uçun tölangan deb hisoblanadi.

Çet elda yollangan holda işlovçi şaxs Pensiya jamğarmasiga yagona ijtimoiy tölov tölaşni töxtatib turganda, pensiya tayinlaş uçun olinadigan iş staji hisobi Pensiya jamğarmasiga yagona ijtimoiy tölov tölangan sönggi sanadan boşlab töxtatib turiladi. 

Pensiya jamğarmasiga tölangan yagona ijtimoiy tölov miqdori yagona ijtimoiy tölovning belgilangan miqdoridan kam bölgan taqdirda, pensiya tayinlaş uçun olinadigan tegişli davr uçun iş staji zarur mablağlarni qöşimça ravişda kiritiş şarti bilan hisobga olinadi.