Aviasales ma'lumotiga köra, ayni paytda Özbekistondan Rossiyaga parvoz narxi 391 dollarni taşkil etadi, bu 2020 yilga nisbatan 55 foizga qimmatroqdir. Turkiyaga çiptaning narxi örtaça 359 dollarni taşkil etadi, bu ötgan yilga nisbatan 8 foizga köpdir.
Ta'kidlanişiça, özbekistonliklarning sayohatga bölgan qiziqişi hali ham yuqori darajada. Band qilingan aviaçiptalar soni kovidgaça bölgan darajaga nisbatan 30 foizga, qidiruvlar soni esa 71 foizga tiklangan.
2020 yilda özbekistonliklar orasida köpinça Rossiya, Turkiya, Qozoğiston, Belarus va Janubiy Koreya davlatlariga çipta xarid qiliş uçun talab yuqori bölgan. 2019 yilda aviaçiptaga talab yuqori bölgan davlatlar uçligini Janubiy Koreya yakunlagan, Xitoy beşinçi poğonani egallagan. Ommabop yönalişlar röyxatining özgarişi va talabning keskin pasayişi natijasida aviaçiptalar narxi sezilarli darajada oşgan. Natijada Rossiyaga parvozlarning örtaça narxi 18,2 foizga, Turkiyaga 20,6 foizga va Qozoğistonga 45,6 foizga ösgan.
2020 yilda içki sayohat bilan boğliq vaziyat ham yuqoridagi holatga öxşaş. Band qilingan aviaçiptalar miqdori 66 foizga, qidiruvlar soni esa 35 foizga qisqargan.
Şuningdek, içki reyslarning örtaça narxida ham ösiş kuzatilgan. 2019 yilda aviaçipta örtaça 41,4 dollardan sotilgan bölsa, 2020 yilda bu körsatkiç 50 dollarni taşkil qilgan.
2021 yilda turizm bozori asta-sekin tiklana boşlanişi ortidan Rossiya, Qozoğiston, Turkiya, Belarus va Birlaşgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarga aviaçipta sotib olişga bölgan yuqori talab natijasida narxlarda oşiş kuzatilgan.
















