Jamoatçilik faoli, davlat boşqaruvi sohasi mutaxassisi Aziza Umarova Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida oliy ta'lim qabul kvotalari yaqin yillargaça keskin kamaytirib kelingani, maktab ta'limiga ham e'tibor susaygani haqidagi fikrlari, vaziyatni yaxşilaş uçun takliflarini bildirdi.

“Tahlillarim va hayotiy xulosalarimga köra, ta'limda çuqur islohot qilolmasligimizga ikki holat sabab bölgan. Şu paytgaça ta'limga bunçalik kam e'tibor berilişiga, avvalo, qörquv sabab bölgan. Ötiş davrida talabalar mitinglari (1992 yil. Talabalar şaharçasi) bölib ötgan.

Öşandan keyin hukumat oliygohlarga qat'iy kvota joriy qilişga qaror qilgan. Oliy ma'lumotga ega bölmaslik uçun barça çoralar körilgan. Çunki hukumat oliy ma'lumotlilar köp savol berişidan çöçib turgan. Bunday munosabat butun ta'lim tizimiga kirib bordi.

Nima uçun vaqt ötişi bilan qabul kvotalari kamaytirib borilganiga tuşunmayman. Maktab va oliygohlarni isloh qiliş uçun moliyaviy kömak va e'tibor pasayib borgan. Ikkinçisi, haligaça individual öquvçi ta'limiga juda kam mablağ ajratilayotganidir, ya'ni jon boşiga moliyalaştirilmaydi. Hozir 3 ta alohida ta'lim vazirligi bor. Hamma davlatlarda bölgani kabi vazirliklarni birlaştiriş ham mumkin edi-ku. Ta'limga sarflanayotgan mablağlar birlaştirilib, köproq natijaga erişiş mumkin. Balki şunda respublikaning çekka tumanlaridagi köplab maktablar abgor bölmasdi.

Ta'limga budjetdan köp mablağ ajratilyapti. Toşkentning öziga pedagoglar uçun 1 trln.sömdan köp pul ajratilgan. Lekin bu pul har bir bola uçun yetib boradi, degani emas. Tizim faqat pedagoglarni rağbatlantiryapti, xolos. Bolalarning ta'lim olişini ham moliyalaştiriş kerak. Agar 3 ta vazirlik birlaştirilsa, ta'lim xarajatlari jon boşiga moliyalaştirilsa, ta'limning hozirgi holatdan yaxşilanişiga erişiş mumkin. Maktablar moddiy-texnik bazasi ança özgarardi. Qaçondir bu tizimga yetib kelarmiz. Qaçon ekanligini vaqt körsatadi.

Ayni vaqtda maktabgaça ta'lim vazirligi boğçalardagi bolalar qamrovini kengaytiryapti, bu yaxşi. Ammo ta'lim bosqiçlari örtasida zanjir yöq. Masalan, bola 3 yoşdan 18 yoşgaça qanday bilim va könikmalarga ega bölişi kerakligi böyiça yakdil tizim yöq. Finlandiya ta'lim tizimini maqtaymiz. U yerda davlat tasdiqlagan darsliklar yöq. Har bir maktab mustaqil qaror qabul qiladi va ota-onalar, keng jamoatçilik bilan kelişib, öquvçilarga darslik yaratişadi. Bizda ham buni qilsa böladi. Bilasizmi, nazarimda, ta'lim islohotlari borasida biz 50 yillarga orqada qolyapmiz. Finlandiya yoki Yevropa bilan Özbekistonni taqqoslaş imkonsiz, deb öylarsiz. Sizga bir misol keltiraman: ğarb mamlakatlari boşlanğiç sinflarda ruçka örniga qalamdan foydalanişadi. Çunki öquvçilar xato qilişdan qörqmasliklari ongiga singdiriladi. Bizning maktablarimizda bu tajribani qilmaslik uçun katta mablağ, uriniş şartmas.