Toshkent shahrida har kuni 2 ming tonnadan ortiq qattiq maishiy chiqindi olib chiqib ketilib, poligonlarga tashlanadi. Ushbu chiqindilarning katta qismi qayta ishlanuvchi materiallardan iborat. Ularni qayta ishlash orqali 40 foiz chiqindini yana foydalaniladigan buyumlarga aylantirish mumkin. Kunlik 2 ming tonna chiqindidan 800 tonnasi chiqindi poligonlariga emas, qayta ishlash uchun yuborilmoqda. Chiqindilarni saralash ekologiya va atrof-muhitni himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Maxsustrans» DUK hamda «O‘zbekiston ekologik qurilish kengashi» NNT hamkorligida chiqindilarni saralash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Toshkent shahar hokimligida bu amaliyotni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jarayonlar muhokama qilindi.
«Maxsustrans» DUK rahbari o‘rinbosari Sherzod Kattaxo‘jayev saralangan chiqindilarni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida gapirdi: «Chiqindilar ko‘payishi muammoning jiddiyligini bildiradi. Toshkentda ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘p: plastik idishlar, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishadi. Saralangan chiqindilar ularga to‘g‘ri yetkazib borilsa, juda ko‘p mahsulotlar tayyorlashadi. Bizning asosiy vazifamiz shu chiqindilarni saralashga o‘rgatish va yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishdan iborat».

Korxona mutasaddisi Ismoil Sa'dullayevning ta'kidlashicha, chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi olishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
«Bu konsepsiyani joriy qilishdan asosiy maqsad – aholining ekologik madaniyatini oshirish va chiqindilarni saralash uchun sharoit yaratib berish. Sharoit yaratish deganda Toshkent shahrida mingga yaqin chiqindi yig‘ish maydonlarini nazarda tutyapman. Bu batareyalar, plastik idishlar saralanmasa 100 yilda ham chirimaydi. Saralash orqali chiqindilarni poligonlarga tashlashni kamaytirmasak, ekologiyamizning ahvoli judayam yomon bo‘ladi. Organik chiqindilarni alohida ishlash uchun ularni zavodda gaz olib qishloqlarga elektr energiya yetkazib berish mumkin. Buning uchun aholi o‘rtasida targ‘ibot olib borish kerak, barcha chiqindilarni o‘z joyiga yetkazmasak ahvolimiz yomon bo‘ladi», dedi Sa'dullayev.

Shu munosabat bilan Toshkent shahrida chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va bu jarayon 2021 yildan boshlanib, uch yil davomida amalga oshirilishi aytildi. Bu jarayon uch bosqichdan iborat va birinchi bosqich 2021 yildan boshlanib, Toshkent shahridagi ayrim mahallalar hududida chiqindilarni «qayta ishlanadigan» va «qayta ishlanmaydigan» toifalarga ajratgan holda yig‘ish










