Jabrlanuvçilardan birining sözlariga köra, YTH natijasida 4 kişi turli darajada tan jarohatlari olgan.
“Barça jabrlanuvçilar qarindoşlarmiz. Özim Tapoiçga yotdim, tos suyagim singan. Hali yana uç oy yotişim kerak ekan. Öğlimning son suyagi va boldiri singan, nevaramning boş suyagi singan. Singlim neyroxirurgiyada yotibdi. Uning miyasi çayqalgan, tos suyagi va yettita qovurğa suyagi singan”, – deydi u.
Jabrlanuvçiga köra, şunça oğir tan jarohatlariga qaramay, ular bilan içki işlar organlaridan heç kim boğlanmagan.
“Voqeadan keyin tez yordam şifoxonaga olib bordi. Şundan keyin “hey, sizlarga nima böldi?” deydigan odamning özi yöq. Birorta melisa kelmadi. Heç kim xabar olgani yöq. Pul bilan yopib yuborişmoqçi şekilli”, – deydi u.
Kun.uz holat böyiça ma'lumot oliş uçun IIV YHXBB bilan boğlandi. Biroq hozirça holat suriştirilayotganidan boşqa ma'lumot berilmadi.
Avvalroq Kun.uz Çilonzorda Toşkent şahar IIBB xodimi “Kobalt” avtomobilida boşqaruvni yöqotişi oqibatida yöl çetidagi fuqaroni urib yuborgani, mas'ul xodimlar voqeadan bir hafta ötibgina ekspertiza ötkazilganini xabar qilgandi.
















