6 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Senat raisi Tanzila Norboyevaning Özbekistonda «svet» öçişi beş yil avvalgi tarixda qolgani haqida gapirgani aks etgan videolavha tarqaldi. 

«Umuman olganda, «svet» öçişi, zulmatda ötirib televizor körolmaslik beş yil oldingi tarix edi. Hozir bularning barçasi bartaraf qilindi», deydi Norboyeva videoparçada.

Ma'lum bölişiça, Senat raisi bu gaplarni şu yil 18 oktabr kuni prezident saylovini yoritiş böyiça Toşkent şahridagi Xalqaro media hollda ötkazilgan «Xotin-qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovlarda ularning faolligini oşirişning dolzarb masalalari» mavzusidagi oçiq muloqotda aytgan. 

Kun.uz uşbu holatga aniqlik kiritiş maqsadida Senat axborot xizmati bilan boğlandi.

Oliy Majlis Senati matbuot kotibi Mömin Ibodov bu lavha jamoatçilik tomonidan notöğri talqin qilinayotganini aytib ötdi.

«Uşbu tadbir Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan taşkillaştirilgani uçun biz yiğilişni tasvirga tuşirmagan edik. Norboyeva bu tadbirda boşqaçaroq, töliqroq gapirgan edilar. Bu tarqalgan lavha kontekstdan yulib olingan va notöğri talqin qilinmoqda. Ayni paytda töliq videoni suriştiryapmiz. Videoni topib, undagi Senat raisining fikrlarini töliq va batafsil taqdim etamiz», deya ta'kidlagan Mömin Ibodov Kun.uz muxbirining savollariga javoban.

Ma'lumot uçun, ayni kunlarda ham respublikaning turli hududlarida elektr energiyasi ta'minotida köplab uzilişlar davom etmoqda. Kunlar sovişi bilan bu jarayon yanada avj olgan. Odamlar tok va gaz yöqligi sabab sovuqdan aziyat çekayotgani haqida murojaatlar kelişda davom etmoqda.