Özbekistonning Kanadadagi elçisi (qarorgohi Vaşingtonda) Javlon Vahobov Ottavada uşbu mamlakat taşqi işlar vazirligining Şarqiy Yevropa va Yevrosiyo böyiça byurosi boş direktori Xaydi Kuts, taşqi işlar vazirining Yevropa, Yaqin Şarq va Mağrib masalalari böyiça örinbosari yordamçisi Sandra Makkardell, Afğoniston va Pokiston departamenti ijroçi direktori Kristofer Gibbins bilan uçraşuvlar ötkazdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Boş direktor Xeydi Kuts bilan uçraşuv çoğida Kanada oliy va yuqori darajadagi siyosiy aloqalarni faollaştirişdan manfaatdor ekani qayd etildi. Kanada TIV vakili yillik siyosiy maslahatlaşuvlar ötkaziş amaliyotini davom ettiriş, şuningdek, turli darajadagi siyosiy muloqotlar darajasini oşiriş va özaro almaşinuvlarni köpaytiriş muhimligini ta’kidladi. U 2022 yilda Toşkentda siyosiy maslahatlaşuvlarning 9-raundini ötkaziş uçun Kanada delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etişga tayyorligini bildirdi.

Bundan taşqari, Kanada vakili Özbekiston ustuvor hamkor davlatlar qatoriga kiritilgani, mamlakatda Kanada viza markazini oçiş rejalaştirilayotgani va dunyoda epidemiologik vaziyat yumşaşi bilan bu haqda qaror qabul qilinişi kutilayotganini ma’lum qildi.

Taşqi işlar vaziri örinbosari yordamçisi Sandra Makkardell bilan uçraşuv çoğida ikki tomonlama va hududlararo hamkorlik yuzasidan fikr almaşildi.

Afğoniston va Pokiston departamenti ijroçi direktori Kristofer Gibbins bilan muzokaralar çoğida Afğonistondagi vaziyat yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Kristofer Gibbins Özbekiston rahbariyatining Afğonistondagi murakkab gumanitar vaziyatni yumşatiş borasidagi taşabbuslarini qöllab-quvvatladi va afğon xalqiga birgalikda insonparvarlik yordami körsatiş böyiça çora-tadbirlarni batafsil muhokama qiliş uçun Özbekiston bilan muzokaralar ötkazişga tayyorligini tasdiqladi.