AQŞ davlat kotibi bölgan ilk ayol: Madlen Olbrayt Özbekistonga ham kelgandi
|21:47 / 25.03.202215 84410 min
2022 yil 23 mart kuni AQŞ sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt 84 yoşida vafot etdi. Bu ayol Amerika tarixida muhim iz qoldirgan. U AQŞda davlat kotibi etib tayinlangan ilk ayol hisoblanadi. 2000 yilda u Özbekistonga ham taşrif buyurgandi.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Asl ism-şarifi Mariya Yana Korbelova bölgan Madlen Olbrayt 1937 yilda Çexoslovakiyada diplomat oilasida dunyoga keladi. Ikkinçi jahon uruşi paytida uning oilasi Londonda qoçqinlikda jon saqlaydi va faşistlar yengilgaç Çexoslovakiyaga qaytadi.
1948 yilda, Madlen 11 yoşda bölganida Çexoslovakiyada hokimiyat kommunistlar qöliga ötadi. Şundan söng Çexoslovakiyaning Yugoslaviyadagi elçisi vazifasida işlab turgan otasi kommunistlar qöl ostida işlaşni xohlamaydi va iste’fo beradi. 1949 yilda uning oilasi AQŞdan siyosiy boşpana söraydi, sörov qondirilgaç ular okean ortiga köçib ketadi. 1957 yilda Madlen Amerika fuqaroligini oladi.
Foto: ladiesdc.org
Madlen Olbrayt siyosiy faoliyatini Demokratik partiya faoli sifatida boşlaydi. 1978 yilda u Oq uyda, prezident Jimmi Karter ma’muriyatida işlaydi va AQŞ milliy xavfsizlik kengaşiga a’zo böladi. Keyinroq bir neça prezidentlikka va vitse-prezidentlikka nomzodlarning xalqaro siyosat masalalari böyiça maslahatçisi sifatida faoliyat olib boradi.
1993 yilda Bill Klintonning inauguratsiyasidan keyin Olbrayt AQŞning BMTdagi doimiy vakili sifatida iş boşlaydi.
Foto: stock.adobe.com
Keyinroq u BMT boş kotibi, Ruandadagi maş’um genotsid böyiça qaroridan qaytgan Butros Butros-Galini keskin tanqid qilişi bilan tilga tuşadi.
Madlen Olbrayt mas’ul lavozimda
1997 yilda Oq uydagi raqiblarining keskin qarşilik körsatişiga qaramay Olbrayt xonim AQŞ Davlat kotibi lavozimiga tayinlanadi. AQŞda bu lavozim taşqi işlar vaziri darajasida bölib, davlat kotibi mamlakatning taşqi siyosatdagi ustuvor masalalari bilan şuğullanadi.
Foto: economist.com
Olbrayt davlat kotibi bölgan yillarda u AQŞ taşqi siyosatida ança qattiqqöllik bilan işlagan. Xususan, 1990-yillar oxirida Bolqon yarimorolida yuzaga kelgan inqirozni hal qiliş uçun sobiq Yugoslaviyaga qarşi kuç işlatiş zarur deb hisoblagan. Amalda şunday ham bölgan. Bolqondagi bir qator millatlarga qarşi genotsidni amalga oşirayotgan Serbiya diktatori Slobodan Miloşeviçni tiyib qöyiş uçun uning poytaxti Belgrad va boşqa hududlariga NATO aviazarbalar bergan.
Mavzuga oid
Ayrimlar NATO aviatsiyasi tomonidan Serbiyaning bombardimon qilinişida Madlenni aybdor deb hisoblaydi va hatto buni norasmiy ravişda «Olbrayt uruşi» deb ataşadi. Ammo uning özi hammasini töğri bajarganini, agar öşanda Serbiya tiyib qöyilmasa Kosovoda va Bolqonning boşqa hududlarida yana köplab insonlar halok bölişi mumkin bölganini aytadi.
Foto: Alamy
«Men Bolqondagi harbiy operatsiya uçun barça mas’uliyatni zimmamga olaman. Çunki Slobodan Miloşeviç qilişni rejalaştirgan işlar amalga oşirilişiga qöl qovuştirib tura olmasdik. Biz insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etilayotganiga jim qarab tura olmasdik», degandi u.
Madlen Olbraytdan söng yana ikki nafar ayol – Kandoliza Rays va Hillari Klinton ham AQŞ davlat kotibi lavozimida işlaşdi.
Foto: zimbio.com
Madlen Olbrayt davlat kotibi vazifasidan ketgaç...
2001 yil bahorda Bill Klintonning ikkinçi prezidentlik muddati tugaydi va örniga kiçik Jorj Buş AQŞ rahbari böladi. Şundan söng Madlen Olbrayt davlat kotibi vazifasidan böşaydi.
2001 yilda xizmatni tark etgaç, Olbrayt Xalqaro munosabatlar milliy demokratik instituti direktorlar kengaşi rahbari sifatida işlaydi.
2012 yilda Barak Obama Olbraytni Bolqon yarimorolida tinçlik örnatiş borasidagi sa’y-harakatlari uçun Amerika fuqarolariga beriladigan eng yuksak mukofot, Prezident Ozodlik medali bilan taqdirlaydi.
Foto: myblueivycarter.com
2015 yilda Olbrayt BBC bilan suhbatda siyosiy hokimiyatda ayollarning bölişi jamiyatdagi barqarorlikka olib kelişi borasidagi fikrlarini aytib ötgandi.
Joriy yil fevral oyida, Ukrainadagi uruş boşlanişidan oldinroq, Madlen Olbrayt New York Times gazetasida Vladimir Putinni qattiq tanqid qilib çiqib, özi haqida yana bir bor eslatdi. U Rossiya rahbari bilan u endigina hokimiyatga kelgan 2000 yilda ilk bor uçraşgandi.
«Ukraina qöşnisi kim ekanidan qat’i nazar suverenitetga haqli. Bizning davrimizda barça katta davlatlar bu qoidani tan olgan, şunday ekan, janob Putin, siz ham buni tan olişingiz kerak», deya yozgandi öşanda u.
Madlen Olbrayt Toşkentda
2000 yilda AQŞ davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan taşrifi doirasida Özbekistonga ham keladi. Öşanda Madlen Olbrayt Özbekistondan avval Qozoğistonga taşrif buyuradi. 15–17 aprel kunlari qöşni davlatda bölib u yerda muzokaralar ötkazgaç, 17 aprel kuni tört kunlik taşrif bilan Toşkentga keladi.
Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati
Taşrifning birinçi kunida Taşqi işlar vazirligida Abdulaziz Komilov va Madlen Olbrayt örtasida uçraşuv va muzokaralar bölib ötadi. Muzokaralarda har ikki mamlakat örtasidagi uzoq muddatli siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hamkorlikka qaratilgan şeriklik masalalari muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida Olbrayt va A.Komilov Toşkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga taşrif buyurişadi. Olbrayt mazkur universitet professor-öqituvçilari va talabalari oldida sözga çiqib, Özbekiston-Amerika munosabatlari, AQŞning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan siyosati haqida öz fikrlarini bildiradi. Jahon va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolarga töxtaladi.
«Mening bu taşrifim AQŞning muhim siyosiy manfaatlari ifodasidir. AQŞ bozori rivojlanişi dunyodagi köplab bozorlarga, jumladan, Özbekiston bilan hamkorlikka boğliq. Bu savdo, sarmoya, energetika sohalaridagi aloqalardan iborat. Bundan taşqari, biz xavfsizlik sohasida, ayniqsa, terrorizm, qurol-yaroğ savdosi, ekstremizm hamda giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraşda yaqindan hamkorlik qilamiz», degandi u.
Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati
Öşanda Olbrayt Bojxona kollejiga ham taşrif buyuradi va bu yerda tahsil olayotgan talabalar bilan uçraşadi. Uçraşuv davomida u bojxonaçilarning mas’uliyatli işi haqida gapirib, Afğonistonda yetiştirilayotgan giyohvand moddalarning dunyo böylab tarqalişi oldini olişda Özbekiston bojxonaçilari oldida turgan vazifalarning ahamiyati haqida gapiradi.
Taşrifning keyingi kunlarida Olbrayt Samarqand şahriga ham boradi va bu yerdagi tarixiy obidalarni tomoşa qiladi. Bundan taşqari, u Samarqanddagi bir qator taşkilotlar faoliyati bilan tanişadi.
Madlen Olbrayt öşa paytdayoq Özbekiston hukumatiga mamlakatda internetdan foydalaniş imkoniyatlarini oşirişni tavsiya qiladi. U bu iş mamlakat iqtisodiyoti rivoji uçun muhim rol öynaşini ta’kidlaydi.
Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati
Madlen Olbrayt taşrif davomida mintaqadagi barça davlatlar hukumatlarini öşa yili iyun oyida AQŞ Davlat departamenti tomonidan Vaşingtonda taşkil etayotgan terrorizmga qarşi kuraş böyiça mintaqaviy konferensiyada iştirok etişga taklif qiladi.
Afğoniston muammosi böyiça muzokaralar
Madlen Olbrayt Özbekistonga kelgan 2000 yilda Afğonistonda toliblar hukmronlik qilardi. Öşa paytlarda dunyoning köplab davlatlari kabi Markaziy Osiyo respublikalari va AQŞ toliblarni nafaqat mintaqa mamlakatlari uçun, balki butun dunyo xavfsizligi uçun asosiy muammo sifatida körardi.
Şu sababli Olbrayt Toşkentda Özbekiston taşqi işlar vaziri va boşqalar bilan uçraşuvlarda bu haqda bot-bot gapiradi. U Afğonistonda yetiştirilayotgan giyohvand moddalar tarqalişiga qarşi kuraşda AQŞ va Özbekistonning özaro hamkorligi har ikki tomon uçun manfaatli bölişini ta’kidlaydi. Bu masalada Özbekistonga çegaralarni mustahkamlaşda yordam berilişini bildiradi.
Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati
Madlen Olbrayt Toşkentga taşrif buyurganda Toşkentda sodir bölgan portlaşlardan endi 1 yil ötgandi. U Afğonistonning Markaziy Osiyo respublikalariga tuğdirayotgan ehtimoliy tahdidlari haqida gapira turib 16 fevral hodisalarini ham eslaydi.
«Bugun Özbekiston duç kelayotgan muammolar bilan yaqindan tanişmiz. Ötgan yil Toşkentda sodir etilgan portlaşlardan ham xabarimiz bor. Xalqaro terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi kabilarga qarşi kuraşda, şuningdek Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlaş masalasida Özbekistonga yordam berişga tayyormiz. Bu masalalar uçun AQŞ bu mamlakatga 10 million dollar ajratişga qaror qilgan», deydi öz çiqişlarida.
Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati
Madlen Olbrayt kelib ketgandan söng Özbekiston-AQŞ munosabatlari birmunça iliqlaşadi. Klinton örniga prezident bölgan kiçik Jorj Buş ma’muriyati davrida ham ana şu iliq munosabatlar saqlanib qoladi.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin AQŞ BMT xavfsizlik kengaşiga Afğonistonga qöşin kiritiş va u yerdagi terrorçilarni yöq qiliş közda tutilgan rezolyutsiya taqdim etadi. Köplab davlatlar qatori Özbekiston ham uni qöllab-quvvatlaydi. AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Afğonistonga qöşin kiritgaç, Özbekiston Qarşidagi aerodromni bu davlat harbiylariga vaqtinçalik topşiradi. AQŞ harbiylari undan 2005 yilgaça harbiy baza sifatida foydalanadi.
Madlen Olbraytdan keyin ham AQŞning bir neça nafar davlat kotibi Özbekistonga kelgan. Jumladan, Jorj Buş ma’muriyatida davlat kotibi lavozimida işlagan Kolin Pauell 2001 yil dekabr oyida Özbekistonga keladi.
Kiçik Buşning ikkinçi prezidentlik muddatida işlagan Kondoliza Rays 2005 yilda, Obama ma’muriyatida işlagan Hillari Klinton 2011 yilda, Jon Kerri 2015 yilda, Donald Tramp ma’muriyatida işlagan Maykl Pompeo 2020 yilda Özbekistonga taşrif buyurgan.