O‘zbekiston | 08:32 / 21.04.2022
8049
2 daqiqa o‘qiladi

Mahallabay ishlash agentligining funksiya va vazifalari belgilandi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident farmoniga muvofiq Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar)larda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etilgan.

Bundan tashqari, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etilgan.

Prezidentning qaroriga muvofiq Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tashkil etilgan.

Hujjat bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi: agentlikning maqomi; vazifalari va funksiyalari; huquqlari va javobgarligi; agentlik faoliyatini tashkil etish; agentlik rahbarlarining funksional vazifalari.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom;

  • mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
  • Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;
  • “Onlayn mahalla” elektron platformasiga ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadigan hamda ushbu integratsiyalashgan tizimdan real vaqt rejimida foydalana oladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati.

Mavzuga oid