Rossiya mudofaa vazirligi 21 mayga ötar keçasi «Azovstal» zavodi hududini himoya qilib kelgan ukrain harbiylarining barçasi u yerni tark etganini ma’lum qildi. Kombinat aprel oyi örtalarida Rossiya armiyasi nazoratiga ötgan Mariupol şahrida ukrain harbiylari qarşilik körsatayotgan sönggi qal’a bölib turgandi.

RF mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konaşenkov 20 may kuni keçqurun bu yerda ukrainalik harbiy xizmatçilarning 531 kişidan iborat sönggi guruhi taslim bölgani va hafta boşidan buyon zavod hududidan çiqqanlar soni 2439 nafarligini ma’lum qilgan. Vazirlik bayonotiga köra, idora rahbari Sergey Şoygu Vladimir Putinga «Mariupol şahri va kombinat töliq ozod etilgani» haqida hisobot bergan.

Ukraina hukumati kombinat rossiyalik harbiylarga topşirilgani borasida rasmiy izoh bermagan. Prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina «Azovstal» kombinatidan olib çiqilgan ukrainalik askarlarni rossiyalik harbiy asirlarga aliştirişga tayyorligini ma’lum qilgan.

Juma kuni keçqurun Rossiya davlat naşrlari va hukumatparast telegram-kanallarda «Azovstal» mudofaaçilaridan biri - 36-dengiz piyodalari brigadasi komandiri Sergey Volin («Volina» laqabli) aks etgan video namoyiş etildi, u videoda özi asir tuşganini tasdiqlaydi. Şuningdek, zavod hududini «Azov» polki komandiri Denis Prokopenko (laqabi «Redis») va komandir örinbosari Svyatoslav Palamar (laqabi «Kalina») ham tark etgani aytilgan. Ularning videoyozuvlari körsatilmagan.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya mudofaa vazirligida ma’lum qilinişiça, «Azov» komandiri Prokopenko kombinat hududidan maxsus zirhli avtomobilda olib ketilgan, göyoki bu orqali u «köp sonli vahşiyliklar uçun mariupolliklarning qasos olişidan asralgan». Avvalroq Rossiya rasmiylari bir neça bor Mariupol qamali vaqtida tartibsiz bombardimonlar va tinç aholi vakillarining ommaviy ölimi uçun javobgarlikni «ukrainalik natsionalistlar» zimmasiga yuklaşga harakat qilgandi. Aprel oyi örtalarida YeHXT missiyasi Mariupolda rossiyalik harbiylar tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar va gumanitar huquqning buzilişi haqidagi hisobotni e’lon qilgandi.

Ukrain harbiylarini nima kutmoqda?

Rossiya mudofaa vazirligi «Azovstal»dagi yarador harbiylar «DXR» kuçlari nazoratiga ötgan Novoazovsk va Donetskdagi tibbiy muassasalarga yuborilişini ma’lum qilgan.

Asir olingan harbiylarning katta qismi Donetsk yaqinidagi Olenivka posyolkasidagi koloniyaga joylaştirilgan - Mariupol meri maslahatçisi Petro Andryuşçenkoning ma’lumotiga köra, bu yerda filtrlaş jarayonidan öta olmagan uç-tört ming nafar atrofidagi mariupolliklar ham saqlanayotgandi.