Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, uşbu elektr stansiya yiliga 260 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarib, 80 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Stansiya işga tuşirilişi natijasida yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalişiga erişiladi hamda atmosferaga 100 ming tonna zararli çiqindilar çiqişi oldi olinadi. Uşbu hajmdagi tejalgan gaz tufayli respublikadagi mavjud barça aholi xonadonlarini ön kun davomida tabiiy gaz bilan ta’minlaş mumkin.

Umumiy qiymati 100 million dollariga teng mazkur loyiha Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi tomonidan töğridan töğri investitsiyalar hisobiga amalga oşirildi.

Stansiya Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalari asosida elektr energiyasini işlab çiqaradigan ikkinçi eng yirik quyoş fotoelektr stansiyasi hisoblanib, aynan uşbu quvvatdagi birinçi quyoş fotoelektr stansiyasi 2021 yil avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida işga tuşirilgan edi.

Ma’lumot uçun, 2023 yil yakuniga qadar Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida Birlaşgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 megavatt bölgan viloyatdagi ikkinçi yirik quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşiriladi.