Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AI-80 markali benzin narxi qimmatlashdi
«O‘zbekneftgaz»ga tegishli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzin 6800 so‘mdan sotila boshladi. Bu birjada narxlarning oshganligi bilan izohlanmoqda.
«O‘zbekneftgaz»ga qarashli AYoQShlarda AI-80 markali benzin narxi ko‘tarilib, 6800 so‘mdan sotila boshladi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Narx oshganligi hadidagi ma’lumotlarni «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati ham tasdiqladi.

«Odamlarga tushuntira olmayapmiz, narxlarni bozor belgilaydi. «O‘zbekneftgaz» narxlarni oshirmaydi ham, tushirmaydi ham. Birjada narx oshsa, bu o‘z-o‘zidan bizning AYoQShlardagi benzin bahosiga ham ta’sir o‘tkazadi», deya ta’kidladi kompaniya matbuot xizmati rahbari Siyovush To‘raxo‘jayev.
O‘tgan yilda ham benzin narxi keskin ko‘tarilib ketgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan tanqidiy muhokamalardan so‘ng esa «Ishchi guruh» tuzilib, narx 6500 so‘mga tushirilgandi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:24 / 01.07.2026