Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi “Yaşil makon” umummilliy aksiyasi doirasida şu yil bahorda olib borilgan daraxt köçatlarini ekiş işlari yuzasidan taftiş ötkazdi.

Bahorgi mavsum hisobotlarida respublika böyiça jami 129,6 mln dona köçat ekilgani yozilgan. Amalda esa, Hisob palatasining ma’lum qilişiça:

  • haqiqatda ekilmagan 6,2 mln tup köçat hisobotlarga qöşib yozilgan;
  • 3,4 mln tup köçat suğoriş tizimi bölmagan joylarga ekilgan;
  • 2,4 mln tup köçat suvsizlik va yetarli parvariş bölmagani sababli bahor tugamasdan qurib nobud bölgan;
  • yerning tabiiy iqlim xususiyatlarini inobatga olmagan holda 341 ming tup köçat yaroqsiz yerlarga ekilgan, 65 ming tupida köçatlar orasida belgilangan masofa saqlanmagan;
  • daraxt ekiş işlari tizimli taşkil etilmagan, suğoriş va parvarişlaş uçun tegişli mas’ullar biriktirilmagan.

“Vaholanki, davlatimiz rahbari tomonidan köçatlarni hududiy ekologiya xususiyatlaridan kelib çiqib, töğri yondaşgan holda ekiş va bu borada namunaviy mahallalarni barpo etiş masalasi qat’iy belgilangan edi.

Örganiş natijalariga köra, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda tegişli vazirliklarga aniqlangan kamçiliklarni tanqidiy muhokama qilib, qayd etilgan xato va kamçiliklarni bartaraf etiş, şu jumladan, köçatlarni parvarişlaşga jiddiy e’tibor qaratiş va mas’ullarga keskin intizomiy çoralar köriş yuzasidan topşiriqlar berildi”, deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, Hisob palatasi Ekologiya va Örmon xöjaligi qömitalari bilan birga ekilgan köçatlarning parvarişi ustidan ham nazorat tadbirlari ötkazyapti.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev daraxt ekiş böyiça “Yaşil makon” umummilliy aksiyasini 2021 yil noyabr oyida e’lon qilgan edi.