Daraxt köçati parvarişi böyiça körsatma talablarini töliq bajarmagan 109 nafar mansabdor şaxsga 311 mln söm miqdorda jarima qöllanildi. Bu haqda AOKAda Ekologiya qömitasi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.
Qayd etilişiça, "Yaşil makon" umummilliy harakati doirasida 2021 yil kuz va joriy yil bahor mavsumida jami 213 mln dona manzarali, mevali daraxt va buta köçatlari ekilişi taşkil etildi.
Respublikadagi yirik, örta va kiçik mahallalarda jami 70 mln 800 ming dona hamda umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari yoqalariga 72 mln 500 ming dona terak köçat va qalamçalari ekildi.
Suğoriş tizimini yaxşilaş böyiça 238 ta quduqlar qazilgan. Hududlarda ekilgan daraxt va butalarni suğoriş, parvariş va muhofaza qiliş maqsadida yuridik va jismoniy şaxslarga biriktirilgan.
Barça mas’ul taşkilotlarga daraxt köçatlarini parvarişlaş böyiça 10 577 ta majburiy körsatmalar berilib, körsatma talablarini lozim darajada bajarmagan 109 nafar mansabdor şaxslarga nisbatan 311 mln söm miqdorida ma’muriy jarimalar qöllanilgan.
Aholi yaşaş va boşqa hududlarda kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, aholi punktlarida “yaşil boğlar”, daraxtzor va butazorlarni barpo etiş, qayta tiklaş va parvariş qiliş işlarini samarali amalga oşiriş hamda suğoriş tizimi bilan ta’minlaşga alohida e’tibor qaratiş lozimligi aytildi.
Avvalroq Hisob palatasi 2022 yil bahor mavsumida “Yaşil makon” umummilliy aksiyasi doirasida aslida ekilmagan 6,2 mln köçat hisobotlarga qöşib yozilgani, 3,4 mln tup köçat suğoriş tizimi yöq joyga ekilganini ma’lum qilgandi. Bundan taşqari, 2,4 mln tup köçat bahor tugamasdanoq qurib bitgan.












