Ukraina Moskvani harbiy aralaşuvda va xalqaro huquqni buzgan holda tinç aholiga qaratilgan hujumlarda ayblab, Rossiyaga qarşi inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga (IHeS) da’vo arizasi berdi. Sudning 28 iyun, seşanba kuni keçqurun e’lon qilingan press-reliziga köra, şikoyat 23 iyun kuni qabul qilingan, IHeS prezidenti Robert Spano işni sudning törtinçi bölimiga topşirgan va bu haqda Rossiyani xabardor qilgan.

Xabarda aytilişiça, bu işdan oldin Ukraina davlati tomonidan yana törtta ariza va 8500 ga yaqin şaxsiy şikoyatlar bölgan. 

Da’vo Ukraina hududidagi harbiy harakatlar jarayonida Rossiya Federatsiyasi tomonidan sodir etilgan inson huquqlarining ommaviy va jiddiy buzilişiga tegişli. Kiyev hukumati minglab tinç aholi öldirilgani, jarohat olgani, uşlangani yoki bedarak yöqolgani, yuz minglab mulk vayron qilingani va millionlab odamlar uylarini taşlab ketişga majbur bölganida rus qöşinlari va Rossiya nazoratidagi boşqa qurolli kuçlarni ayblamoqda. 

Ukraina Rossiyani inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasida mustahkamlangan qator huquqlarni buzganlikda aybladi. Xususan, bular yaşaş huquqi (2-modda), qiynoqlar va ğayriinsoniy muomalalarni taqiqlaş (3-modda), qullik va majburiy mehnatni taqiqlaş (4-modda), erkinlik va xavfsizlik huquqi (5-modda), şaxsiy va oilaviy hayotni hurmat qiliş huquqi (8-modda), din erkinligi (9-modda), söz erkinligi (10-modda), yiğilişlar va uyuşmalar erkinligi (11-modda), samarali himoya qiliş huquqi (13-modda), kamsitişni taqiqlaş (14-modda). 

Bundan taşqari, arizaçiga köra, Rossiya ta’lim oliş huquqini, erkin harakatlaniş huquqini va öz mamlakatidan çiqarib yuborişni taqiqlaş böyiça moddani, şuningdek, mulkni himoya qiliş böyiça konvensiyaga qöşimça protokol qoidalarini buzgan. 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan keyin Rossiya Federatsiyasi Yevropa kengaşiga a’zo davlat maqomi nizomini qöpol ravişda buzgani, şuningdek, taşkilot oldidagi majburiyatlarini bajarmaganligi uçun Yevropa kengaşidan çiqarib yuborildi. IHeS Rossiya 16 sentabrdan boşlab inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasi a’zosi sifatidagi maqomini yöqotişini ma’lum qildi. 11 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin inson huquqlari böyiça Yevropa sudining 2022 yil 15 martdan keyin çiqarilgan qarorlarini ijro etmaslik töğrisidagi qonunni imzoladi.