2022 yilning mart oyidan beri sanksiyalarga duçor bölgan rossiyaliklarning dunyo böylab 30 milliard dollar miqdoridagi aktivlari bloklangan va muzlatilgan. Bu haqda 29 iyun, çorşanba kuni çop etilgan Rossiya elitasining aktivlarini tintuv qiliş va xatlovga oliş böyiça xalqaro guruhning qöşma bayonotida aytiladi.
Joriy yilning mart oyida taşkil etilgan «Rossiya elitalari, işonçli vakillari va oligarxlari» (REPO) guruhi Yevropa, Buyuk Britaniya, AQŞ, Yaponiya, Avstraliya va Kanada moliya, adliya hamda içki işlar vazirliklari vakillaridan iborat. Taşkilotning vazifasi «Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi munosabati bilan sanksiya qöyilgan jismoniy va yuridik şaxslarning aktivlarini aniqlaş, çeklaş, muzlatiş, musodara qiliş uçun barça mavjud huquqiy vositalardan birgalikda foydalaniş», deyiladi REPO xabarida.
Birinçi yuz kunlik iş natijalariga köra, guruh 30 milliard dollarlik moliyaviy-iqtisodiy aktivlar, şuningdek, Rossiya Markaziy bankining 300 milliard dollarlik aktivlari muzlatilganini ma’lum qildi. Bundan taşqari, rossiyalik milliarderlarga tegişli yaxtalar va köçmas mulklar topildi va bloklandi. REPO işning birinçi natijalarini sarhisob qilib, Rossiyaning jahon moliya tizimiga kirişi çeklanganini e’lon qildi, «çunki Rossiyaga Ukrainada adolatsiz uruş olib boriş uçun zarur bölgan texnologiyalarni sotib oliş qiyinlaşdi».
Guruh, şuningdek, öz maqsadlariga erişiş uçun xususiy sektor, markazga kirmaydigan davlatlar bilan hamkorlik qilişi, turli reyestrlardan, jumladan, bank hisoblari va benefitsiar egalaridan foydalanişini xabar qildi. «REPO işi hali yakunlangani yöq», — deyiladi markaz xabarida.
Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ham Yevropa davlatlarini Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini xatlovga oliş va ulardan uruşdan keyin Ukrainani qayta tiklaş uçun foydalaniş masalasini körib çiqişga çaqirdi. Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner «katta yettilik» va Yevropa ittifoqi bu masalani muhokama qilayotganini tasdiqladi. «Siyosiy ma’noda men Rossiya Markaziy bankining xorijiy aktivlarini musodara qiliş ğoyasi tarafdoriman», deb tan oldi u.
Lindnerning sözlariga köra, rossiyalik jismoniy şaxslarning muzlatilgan aktivlari masalasida qonun ruxsat bergan imkoniyatlarni örganiş kerak. «Biz rossiyalik oligarxlar bilan iş körganimizda ham qonun ustuvorligini hurmat qilişimiz kerak», degandi vazir may oyida.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va boş vazir Denis Şmigal Rossiya bosqinidan keyin Ukraina iqtisodiyoti va infratuzilmasini tiklaş xarajatlarini 600 milliard dollarga baholadi. Ukraina iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari Denis Kudin may oyida Kiyev ğarb hamkorlari bilan birgalikda Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan 415 milliard dollardan bu maqsadlarda foydalaniş mexanizmini işlab çiqayotganini aytdi.












