Bu kasalxona nomini eşitganda bir seskanadi odam. Çunki közlarida xastalik aks etgan noumid bolalar, har daqiqasini xavotir va qörquv bilan ötkazadigan ota-onalarning ham moddiy, ham ma’naviy qöllovga muhtoj nigohlari köz öngimizga keladi.
Bundan bir yil muqaddam prezident Ş.Mirziyoyev Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar olib, u yerdagi şaroitlar bilan tanişdi. Davlat rahbari şifoxonadagi bemor bolalar, ularning ota-onalari va şifokorlar bilan suhbatlaşib, ular bilan birga ekanligini ta’kidlagan edi.

Şundan söng bu markaz yangi zamonaviy binoga joylaştirildi va bemor bolalar muntazam ravişda şaxsan davlat rahbarining nazoratida bölib turişibdi. Joriy yilning 30 iyun kuni markazda davolanayotgan bolalarga prezident nomidan sovğalar topşirildi.


Mazkur şifoxonada davolanayotgan va markazdagi "Mehrli maktab"da ta’lim olayotgan bolalar prezidentga xat yöllab, özlarining qiziqişlari, orzu-intilişlari haqida ham yozgan edilar. Bugun ularga javob xatlari hamda hadyalar yetib keldi. Bemorlardan biri Dilzoda Saidxöjayevaga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida grant asosida ta’lim oliş uçun sertifikat, Diyorbek Abduqosimovga esa Yöl harakati xavfsizligi xizmatining faxriy a’zoligi haqidagi guvohnomalar ham berildi.
Dilzoda Saidxöjayeva, bemor:

“Yoşim 16da. Bolaligimdan dizayner bölişni orzu qilaman. Kasalligim sababli öqişlarim töxtab qolgan edi, hozir davom ettiryapman. Bemor bölib orzularimga yeta olmasligim mumkinligidan qörqqandim, lekin umidimni söndirmadim.
Şifoxonada yotganimda prezidentimizga xat yöllagan edim. Unda orzularim haqida yozgandim. Menga oliy ta’lim olişim uçun sertifikat berildi. Öz minnatdorçiligimni bildiraman. Kelgusida iqtidorli talabalar safida bölişni, özbek milliy liboslarini dunyo miqyosiga olib çiqişni istayman”.











