“Huquqiy axborot” kanali xabarida aytilişiça, 2022 yil 1 iyuldan mahallalarda kompleks yondaşuv asosida ijtimoiy xizmatlarni taşkil etiş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy qilinadi. Mahallalarda kompleks yondaşuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilişni muvofiqlaştiriş böyiça respublika ştabi taşkil qilindi.

2022 yil 1 noyabrgaça:

  • mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada hududiy ştablarga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: xonadonlar ahvoli, oilalar ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji; oilalarga aniq ijtimoiy xizmat körsatiş böyiça ma’lumotlar; murakkab operatsiyalarga, nogironlar protez-ortopediya buyumlariga ehtiyoji böyiça buyurtmalar;
  • hududiy ştablar uşbu ma’lumotlarni öz hududi kesimida umumlaştirgan holda 2 kunda muvofiqlaştiriş ştabiga yuboradi;
  • muvofiqlaştiriş ştabi kelib tuşgan ma’lumotlar asosida 3 kunda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand bölgan oilalarga hududiy ştab a’zosi mas’ul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat körsatilişini taşkillaştiradi.

2022-2023 yillarda respublika böyiça jami 827 780 nafar (şundan joriy yilda 383 565 nafar) xotin-qizlarni kasb-hunarga öqitiş va ular bandligini ta’minlaş nazarda tutilgan.

2022 yil 1 avgustdan dastlab Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda (2022 yil 1 noyabrdan respublikaning boşqa barça mahallalarida) “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimi joriy etiladi.

Mehnat bozorida teng şaroitlarda raqobatlaşa olmaydigan xotin-qizlarni kasbga öqitiş bilan boğliq xarajatlar 70 foizi, biroq har bir bitiruvçiga BHM 4 barobaridan oşmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.