
Muhammad Alining «tuğilişi»
Muhammad Ali nomi (Islomni qabul qilişidan oldin - Kassius Kley) Amerikaning «Islom millati» taşkiloti bilan çambarças boğliq. Bu taşkilot afro-amerikaliklarning siyosiy va diniy harakati bölib, an’anaviy Islomdan farq qiladigan öz qadriyatlariga tayangan. Taşkilotning asosiy maqsadi Qöşma Ştatlar va butun dunyoda qora tanlilarning ma’naviy, ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini yaxşilaş bölgan.
Muhammad Ali 1964 yilda uşbu taşkilotga rasman a’zo böladi. Kassius Kley nomidan voz keçib, Muhammad Ali ismini oladi. Dastlab uning yangi ismi bir neça jurnalist tomonidan tan olingan. Bunga javoban Ali oldingi ismi «qullarga xos» bölganini aytgan, «uni men tanlamadim, bunday ismni xohlamayman», degan.
Alining uruşga qarşi pozitsiyasi
1966 yilda Ali Vetnam uruşida qatnaşayotgan AQŞ Qurolli Kuçlari safiga çaqirilişi kerak edi. Ammo boksçi armiyada xizmat qilişdan boş tortadi. «Bu uruş diniy e’tiqodimga zid, unda qatnaşmayman», deydi u. Ali hatto Qurolli Kuçlar safidagi xöjalik işlarida qatnaşişni ham istamagan. Çaqiruv kengaşiga yozgan maktubida u diniy qaraşlari tufayli harbiy xizmatdan voz keçişini bildirgan.
1967 yilda Nyu-York ştatining Atletika komissiyasi harbiy xizmatni ötaşdan boş tortgani uçun uning boks litsenziyasini töxtatib qöyadi. Uşbu amaliyot boşqa barça ştatlarda ham qöllaniladi. Natijada, Ali 4 yil davomida rasmiy janglarni ötkazmagan. Hatto xorijdagi musobaqalarda ham iştirok etiş huquqidan mahrum bölgan.
Şu yili Ali harbiy xizmatni ötamasa, jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkinligi haqida rasman ogohlantiriladi. Biroq baribir öz fikridan qaytmaydi. Oqibatda, uning ustidan jinoyat işi oçiladi.
1967 yil 19 iyunda sud bölib ötadi. Töqqiz soatlik mahkamadan söng, hakamlar hay’ati Alini aybdor deb e’lon qiladi. U 5 yillik qamoqqa mahkum qilinadi va 10 ming dollar jarimaga tortiladi.
Ammo Alining advokatlari hukm ustidan apellyatsiya berişadi. Sud mahkamalari davom etar ekan, u ozodlikda qoladi. 1971 yil 28 iyunda AQŞ Oliy sudi Alining işi böyiça yangi hukmni çiqaradi. Boksçi öz diniy qaraşlari tufayli harbiy xizmatdan boş tortişga haqli deb topiladi. Ali oqlanadi va barça huquqlari tiklanadi. Uning yana dunyo böylab sayohat qilişiga va musobaqalarda iştirok etişiga yöl oçiladi. 1972 yilda Muhammad Ali Makkaga haj qiladi.















