Hili va Hillga nisbatan «DXR» JKning 430-moddasi («Yollaniş») böyiça jinoiy iş oçilgan. Hozirda britaniyalik asirlar «DXR»dagi tergov izolyatorlaridan birida tutib turilibdi.

22 yoşli Dilan Hili aprel oyida Zaporijjyadagi nazorat ötkazuv punktida qölga olingan, u öşanda ukrain oilasini harbiy harakatlar hududidan olib çiqişga harakat qilgandi. Uruşdan aziyat çekayotgan Ukraina aholisiga yordam körsatiş bilan şuğullanuvçi Presidium Network nodavlat taşkiloti ma’lumotiga köra, u gumanitar faoliyat bilan şuğullangan va mahalliy aholi vakillariga köngilli sifatida yordam körsatgan.

35 yoşli Endryu Hillni ham öşa oyda Mikolayiv oblasti hududida qölga olişgan.

Rossiyaning TASS davlat agentligiga köra, Dilan Hili Mariupol işğol qilinişi çoğida Iliç nomidagi kombinat hududida, Hill esa - Mikolayiv oblastida qölga olingan.

«Ular bilan tergov harakatlari olib borilmoqda, uning davomida tergovçilar britaniyaliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar böyiça dalillarni olişi kerak böladi, çunki ular körsatma beriş va ularga nisbatan oçilgan jinoiy iş doirasida hamkorlik qilişni istaşmaydi», degan TASS agentligi bilan suhbatda «DXR» hukumatidagi manba.

Avvalroq, iyun oyida özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» Oliy sudi britaniyalik Şon Pinner va Eyden Aslin, şuningdek Marokaş fuqarosi Saadun Ibrohimni yollanma jangçilar sifatida harbiy harakatlarda iştirok etiş, zörlik bilan hokimiyatni egallab olişga uriniş, şuningdek terrorçilik maqsadlarida öquv kurslaridan ötişda aybdor deb topib, ölim jazosiga hukm qilgandi.

Payşanba kuni Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Rossiyaga Pinner va Aslinga çiqarilgan ölim hukmi ijro etilmasligini (avvalroq Saadun Ibrohim böyiça ham) ta’minlaş böyiça körsatma berdi, ammo Rossiya bundan buyon uşbu sud qarorlarini bajarmasligini ma’lum qildi.

Endilikda legitimligi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan «DXR» sudi Hill va Hiliga nisbatan şu kabi ayblovlar e’lon qilgan.

Dilan Hili va Endryu Hill haqida nimalar ma’lum?

Dilan Hili qölga olingani haqida aprel oyida Presidium Network gumanitar taşkiloti xabar qilgandi. BBC bilan intervyuda taşkilot vakili Dominik Birn Hili va yana bir britaniyalik, 45 yoşli Pol Yuri köngillilar sifatida işlagani, mahalliy aholiga yordam körsatayotgan çoğida Zaporijjya oblastida rossiyalik harbiylar qöliga tuşganini aytgandi. Hili va Yuri Presidium Network taşkilotidan mustaqil holda işlagan, ammo u bilan yaqindan hamkorlik qilgan.