«Prezident Nukusdagi yiğilişda konstitutsiyadagi Qoraqalpoğistonga oid moddalar özgarişsiz qolişi kerakligini ta’kidladi. Menimça, bu juda aqlli qaror böldi.
Qoraqalpoğiston referendum orqali Özbekiston tarkibidan çiqişi mumkinligi haqida modda çindan ziddiyatli. Ammo bu moddani özgartiriş zarur ekani xotirjam muhokama qilib bölmayotgan, u umuman kerak bölmagan keskinlikni keltirib çiqargan bölsa, yaxşisi bu savolni muhokamadan olib taşlay qoliş kerak.
Öz fikrini ötkaziş uçun qaysarlik qilib turiş töğri iş bölmasdi. Avvalgi prezident aynan şunday qilgan bölardi», deb yozdi Yusupov öz kanalida.













