Brifingda Qoraqalpoğistonda joriy etilgan favqulodda holat davrida hududning komendaturasi tomonidan amalga oşirilgan dastlabki işlar haqida ma’lumot berildi.

«Barçangizga ma’lum, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida bir qança odamlar köçaga çiqişgani böyiça xabarlar tarqalgan edi. Şu kunning özida jamoat tartibini saqlaşga mas’ul bölgan Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar bölinmalarining kuç vositalari belgilangan tartibda safarbar qilindi va aholi örtasida tuşuntiriş işlari olib borildi.

Fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yöl qöymasliklari va barça murojaatlari örnatilgan tartibda körib çiqilişi yuzasidan tuşunçalar berildi.

Fuqarolar örtasida provokatsion taşviqotlar tarqatgan va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan faol qarşilik körsatgan ayrim şaxslar qölga olindi», degan Milliy gvardiya rasmiysi.

Ma’lum qilinişiça, kuni keça prezident Jöqorği Kengesga qilgan murojaatidan söng, hududdagi vaziyat barqarorlaşib, hayot öz maromiga qaytmoqda.

«Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida favqulodda holat amal qiliş davrida soat 21:00dan soat 7:00ga qadar komendantlik soati belgilandi va Milliy gvardiya qömondoni, general mayor Rustam Jörayev komendatura boşliği etib tayinlandi hamda öz-özidan Favqulodda holat töğrisidagi Konstitutsiyaviy qonunda nazarda tutilgan barça vakolatlar yuklatildi.

Hudud komendantining buyruği asosida kuç vositalari hamda tezkor ştab faoliyati yölga qöyildi va joriy etilgan favqulodda holat rejimini ta’minlaş nazoratga olindi.

Favqulodda holat rejimini ta’minlovçi davlat idoralarining faoliyatini muvofiqlaştiriş uçun hudud komendanti rahbarligida faoliyati yölga qöyilgan tezkor ştabda aholiga turli masalalar böyiça yordam körsatiş maqsadida işçi guruhlar taşkil etildi.

Farmonda belgilangan favqulodda çoralar va vaqtinçalik çeklovlar ta’minlanmoqda. Xususan, jamoat tartibining öta muhim va toifalangan obektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovçi infratuzilma obektlarining muhofazasi kuçaytirildi», degan u.

Qoraqalpoğiston Respublikasi harakatlaniş erkinligi, şu jumladan, transport vositalari uçun çeklovlar örnatilgan. Jismoniy şaxslarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari tekşirilişi, ularning şaxsiy körikdan ötkazilişi va ulardagi aşyolar, transport vositalarining közdan keçirilişi yölga qöyilgan.