Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi Qoraqalpoğistondagi sönggi voqealar yuzasidan bayonot berdi.

«Özbekiston — Qozoğistonning qardoş qöşnisi, işonçli ittifoqçisi va strategik hamkori.

Şuning uçun Qozoğistonda döstona qöşni mamlakatdagi voqealar xavotir bilan qarşi olindi.

Özbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpoğiston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça qarorlarini olqişlaymiz va qöllab-quvvatlaymiz.

Işonçimiz komilki, birodar Özbekistonda muhim siyosiy tadbir — Konstitutsiyaga tuzatişlar kiritiş böyiça referendum arafasida tinçlik va barqarorlik qaror topadi», deyiladi vazirlik bayonotida.

Qozoğiston 1998 yil 31 oktyabrdagi Abadiy döstlik va 2013 yil 14 iyundagi Strategik şeriklik töğrisidagi şartnomalar, şuningdek, 2021 yil 6 dekabrdagi Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi deklaratsiya ruhida Özbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaş yönalişiga qat’iy amal qilişi ta’kidlangan.

Eslatib ötamiz, 1 iyul kuni Qoraqalpoğistonning Nukus şahridagi konstitutsion islohotlardan norozi bölgan fuqarolarning noqonuniy namoyişlari bölib ötdi. Jöqorği Kengesning ma’lum qilişiça, axborot xurujlari va röy berayotgan voqealarni qasddan buzib körsatiş orqali ta’sir qilişga urinişlar qayd etilgan.

Bu tartibsizliklar davomida ijtimoiy tarmoqlarda vaziyatga Qozoğiston tomonidan aralaşuv bölişi mumkinligi töğrisida turli taxminlar bildirilgandi.