Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyati qozisi Şamsuddin Bahauddinov videomurojaat bilan çiqib, aholini provokatsiyaga berilmaslikka va tinçlikning qadriga yetişga çaqirdi.
“Payğambarimiz Muhammad mustafo sollolohu alayhi vasallam öz muborak hadislarida: “Ikki ne’mat bor. Bu ikki ne’matning qadriga köpçilik yetmaydi. Birinçisi – tan salomatligi bölsa, ikkinçisi – tinçlik ne’matidir”, dedilar.
Azizlar, 1-2 kundan beri elimizda bölib turgan voqealardan hammamizning xabarimiz bor. Şu maqsadda bugun hurmatli prezidentimiz Nukusga kelib, xalqimizning tilak-istaklarini eşitdi hamda bugungi kunda norozilik uyğotayotgan ba’zi bir masalalarga oydinlik kiritdi”, – dedi qozi.
Şamsuddin Bahauddinov davlat rahbari Özbekiston Konstitutsiyasining 17-bobida körsatilgan Qoraqalpoğiston Respublikasiga tegişli moddalar özgarişsiz qolişini ma’lum qilgani, bu esa xalqning fikri inobatga olinganini bildirişini ta’kidladi.
“Azizlar, tinçlik – bu juda ulkan, bebaho ne’mat. Uning qadriga yetiş har birimizning vazifamiz. Tinçlikni saqlaş, uning qadriga yetiş payğambar alayhissalom muborak hadislarida aytganlariday, şu yurtda yaşayotgan har bir fuqaroning, mömin-muslimalarning minnatli vazifalaridan”, dedi u.












