Özbekiston Boş prokuraturasi Nukus şahrida bölib ötgan ommaviy tartibsizliklardagi voqealar rivoji, qurbonlar va jabrlanuvçilar haqida ma’lumot berdi.
1 iyul
Boş prokuraturaga köra, Konstitutsiyani özgartiriş böyiça qonun loyihasi yuzasidan muhokama davom etayotganiga va fuqarolarning bu jarayonda öz fikrini bildiriş uçun şaroitlar yaratilganiga qaramay, ayrim ğaraz niyatli şaxslar konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zöravonlik yölini tanlab, vaziyatni izdan çiqarmoqçi bölgan.
Tergovda aniqlanişiça, 1 iyul kuni soat 14:50 larda “Yel xyzmetinde” gazetasi muharriri va bloger Dauletmurat Tajimuratov Telegram'dagi “Makan.uz” kanali orqali videomurojaat yöllab, fuqarolarni 5 iyul kuni soat 17:00 da “Qoraqalpoğiston Respublikasining ozodligini sörab” Jöqorği Kenges binosi oldida miting ötkazişga da’vat qilgan.
Şundan keyin D.Tajimuratov ijtimoiy tarmoqlar orqali qonunga xilof ravişda miting uyuştirişga fuqarolarni da’vat qilgani uçun 1 iyul kuni soat 15:30 larda Nukus şahar IIO FMBga olib kelingan va uşlangan.
Bloger D.Tajimuratovning IIB xodimlari tomonidan uşlaganini bilgan bir guruh şaxslar tartibsizliklar uyuştirib, uni ozod qilişni talab qilib, Nukus şahridagi IIVga qaraşli 2-sonli tergov hibsxonasiga va Nukus şahar IIO FMBga borişgan, keyinçalik 1 iyul kuni soat 17:30 larda Nukus şahri markazidagi Markaziy dehqon bozori oldidagi avtomobil yölida tartibsizliklar uyuştirişgan.
Şundan keyin D.Tajimuratov Nukus şahar IIO va FMBdan ozod qilinib, çiqarib yuborilgan bölsa-da, D.Tajimuratov va uning tarafdorlari tartibsizliklarni yana davom ettirib, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlariga faol qarşilik körsatib, Özbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda özgartirişga va hokimiyatni bosib olişga oçiqdan oçiq da’vat qilişgan.
2 iyul
Boş prokuraturaga köra, 2 iyul kuni soat 14:45 da Nukus tumanidan taxminan 300 nafar şaxs Nukus şahri tomon harakatlanib, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan, Nukus şahridagi blokpostda xizmat olib borayotgan 50 nafar Milliy gvardiya xodimining maxsus vositalarini (ratsiya, dubinka, kaska, şovqinli granata, şçit) qölga kiritgan.
Şu kuni Xöjayli tumanidagi harbiy postga noma’lum şaxslar tomonidan hujum uyuştirilib, qurol-yaroğ tortib olingan, Nukus xalqaro aeroportiga, Nukus şahridagi ma’muriy qamoqqa olingan şaxslar saqlanuvçi Reabilitatsiya markaziga, Nukus şahar IIB binosiga hujumlar uyuştirilgan.













