Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibiga köra, Kreml bölib ötgan voqealarga Özbekistonning içki işi deb qaraydi.

«Özbekiston bizga döst davlat, ittifoqçimiz va muhim hamkorimiz, u yerda sodir bölayotgan voqealar mamlakatning içki işidir. Respublika rahbariyatining faol harakati sabab vaziyat iziga tuşişiga şubha qilmaymiz», deya Peskovning sözlarini keltirgan «RIA Novosti».

Agentlik Nukusdagi voqealar böyiça munosabat oliş maqsadida Rossiya Taşqi işlar vazirligidagi manbasiga ham boğlangan. Rossiya TIV vakilining aytişiça, Özbekiston rahbariyati vaziyatni iziga tuşiriş uçun aql va öz xalqiga hurmat bilan harakat qilgan.

  • Bundan oldinroq Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Şavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqotida Özbekiston rahbariyatining Qoraqalpoğistondagi barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan qarorlari öz vaqtida qabul qilinganini qayd etgandi.
  • Şuningdek, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Qoraqalpoğistondagi vaziyatni beqarorlaştirişga urinişlarga çek qöyiş maqsadida Özbekiston rahbari tomonidan körilgan qat’iy çoralarni töliq qöllab-quvvatlab, boşqa davlatning içki işlariga aralaşişga yöl qöyib bölmasligini ta’kidlagan.