Uzbekistan Airports matbuot xizmati Nukus aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinçalik çeklanişi haqida xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Qoraqalpoğistonda favqulodda holat joriy etilişi va prezident qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida uşbu aeroport faoliyati komendantlik soatlarida (21:00 dan 07:00 gaça) çeklanadi.

Aviakompaniya yölovçilarni reyslar keçiktirilişi haqida xabardor qilgan.

Uzbekistan Airways’ning 3 iyul kuni rejalaştirilgan HY017/HY018 Toşkent—Nukus—Toşkent yönalişidagi qatnovi bekor qilindi. Aviakompaniya matbuot xizmati xabar berişiça, bekor bölgan aviaparvozlar yölovçilari 4 iyul kuni şu yönalişdagi HY011/ HY012 reyslari bilan öz manzillariga yetkaziladi.

«Keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilar va ularni kutib oluvçilardan uzr söraymiz. Töğri tuşunişingizga umid qilamiz», deyiladi aviakompaniya xabarida.

Bundan oldinroq Nukus—Beyneu—Nukus yönalişida qatnovçi xalqaro yölovçi poyezdining bitta reysi bekor qilingandi.

Eslatib ötamiz, Nukusda 3 iyuldan 2 avgustgaça favqulodda holat joriy etilib, bir qator çora va vaqtinçalik çeklovlar örnatilgan.