1-2 iyul kunlari Qoraqalpoğistondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida 243 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan şifoxonalarga murojaat qilgan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati boşliği Davron Jumanazarov ma’lum qildi.
Şifokorlarga murojaat qilganlarning 149 nafariga birinçi tibbiy yordam körsatilib, muolajalarni uyida davom ettirişga ruxsat berilgan. Hozirda kasalxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda va oğir ahvolda bölganlari bor.
«Şu jumladan, jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor. Masalan, Milliy gvardiya Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça Qöriqlaş boşqarmasi safdori kökrak qismidan öqotar jarohat olgan, şu boşqarmaning yana bir safdori çap oyoq boldiri suyagi yopiq sinişi, 1 nafari Jizzax Milliy gvardiya boşqarmasi harbiy xizmatçisi boş miya oçiq jarohati hamda Toşkent şahri Milliy gvardiya boşqarmasi serjanti boş miya oçiq jarohati bilan davolanişyapti», degan Milliy gvardiya rasmiysi.
Boş prokuraturaning aniqlik kiritişiça, 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimiga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazilgan.
Respublikadagi barça oziq-ovqat dökonlari, bozorlar, non çiqaruvçi korxonalar, birja savdolari, banklar va bankomatlar, şifoxona va boşqa ijtimoiy soha obektlari faoliyati töliq olib borilyapti.
Aholiga elektr energiyasi, tabiiy gaz va içimlik suvi bir maromda yetkazib berilmoqda.
«Şu bilan birga tuşuntirib ötmoqçimiz, oilalarda ötkaziladigan marosimlar, misol uçun, mahallalarda taşkillaştirilayotgan sport musobaqalari, vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar, nuroniy yoki yeşlar bilan uçraşuvlarni ötkazişga joylardagi mahalla raislari, mahalliy hokimiyat idoralarining sörovi asosida komendant ruxsati bilan 21:00 ga qadar ötkazilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, hudud komendantining buyruği bilan tuman-şaharlarda komendant vazifalarini bajariş Içki işlar idoralar boşliqlariga yuklatilgan, ular xususan ruxsatnomalarni ham beriş vakolatiga ega.
Yana bir bor eslatmoqçimiz, zarur savollar böyiça komendaturada 1215 qisqa raqam taşkil qilingan, favqulodda holat yoki komendantlik soati tartiblari böyiça fuqarolarning savollariga javob beriladi.
Farmon talablariga töliq va sözsiz rioya qiliş va komendantlik soatiga amal qilişni iltimos qilamiz. Feyk va yolğon xabarlarga işonmang», deyiladi Milliy gvardiya bayonotida.













