Toşkent viloyatining Qibray tumani Çinobod köçasidan avtomaşinaga çiqqan homilador ayolni yölda tölğoq tutgan. SSV matbuot xizmati xabar berişiça, unga hamroh bölgan qaynonasi taksi haydovçisiga eng yaqin tibbiyot muassasasiga olib borişni söragan.
«Poytaxtimizdagi Uluğbek şaharçasi 1-son poliklinikasi hududiga «Matiz» rusumli avtomaşinada olib kelingan homilador ayolga zudlik bilan tibbiy yordam körsatişga kirişildi.
Bu vaziyatda har bir soniya hisobli edi. Tuğuruq jarayoni esa allaqaçon boşlangan. Şoşiliş zarur! Aslida oilaviy poliklinika gödakni dunyoga keltiriş uçun möljallanmagan bölsa-da, ayolni şundoqqina röparadagi uşbu muassasa binosiga olib ötişga ham fursat yetmadi.
Poliklinika mudirasi Hilola Jamilova öta tezkorlik bilan butun mas’uliyatni zimmasiga olib, avtomobilning özida ayolga doyalik qilişga kirişdi.
Mutaxassisligi akuşer-ginekolog bölgan mudira va uning jamoasi sa’y-harakati va qat’iyati sababli tuğuruq muvaffaqiyatli amalga oşirildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Şundan söng ona va bola soğlom holda poliklinikaga eng yaqin hisoblangan Qibray tumani tibbiyot birlaşmasi tasarrufidagi tuğuruq kompleksiga mutaxassis hamrohligida olib borilgan.
Hozir ona-bolaning ahvoli yaxşi, ular salomatligi tuğuruq kompleksi şifokorlari nazorati ostida.












