«Qoraqalpoğistonda mitingga boşlovçi qizil liderlarga ajratilgan pullar» deb nomlangan röyxatda 28 kişining ism-şarifi keltiriladi. Jumladan, Yerimbeteva Maryaşga 12 mln söm, Esmuratov Quat, Sagintayev Murat, Dauletmuratov Allayar, Nuranov Ziyavatdin, Seydabullayev Omirzak, Matçanova Janar, Bauyetdinov Tursinbay, Abdiramanov Aydos va boşqalarga 7 mln sömdan, Yesboskinov Sadiraddin, Baynazar Muhabbat, Kadirekov Şarapatdin, Abdimuratova Akkenjye, Nurmanov Ruslan, Begjanov Amanyaz, Abdimuratov Ruslan, Yelmuratov Ixlas, Adigamov Muxtor, Jumagulov Kuşat va boşqalarga 4 mln sömdan berilgani qayd etilgan.

Miting faollariga tarqatilgan pullarning umumiy miqdori 111 mln sömni taşkil etadi.

Şuningdek, uşbu röyxatda noqonuniy miting iştirokçilariga 12 blok aroq, tromodol, zopiklon va boşqa nomdagi psixotrop tabletkalar, futbolka hamda suv tarqatilgani haqidagi ma’lumotlarni köriş mumkin.

E’tiborli jihati, röyxatda 16-örinda zikr etilgan Berdiyev Arslon psixotrop moddani olişdan yoki boşqa biror topşiriqni bajarişdan boş tortgan – uşbu şaxs ism-familiyasining töğrisiga «Rad etdi, sotqin» deb yozib qöyilgan.

Milliy gvardiya qömondoni, general-mayor Rustam Jörayev 4 iyul kungi videomurojaatida tartibsizliklar sodir bölgan joyda turli jarohatlar olib, vafot etgan 14 kişidan 13 nafari alkogol va giyohvand moddalar ta’sirida bölgani aniqlanganini ma’lum qilgandi.

Kun.uz Qoraqalpoğiston voqealarini tergov qiliş va tezkor-qidiruv tadbirlariga rahbarlik qilayotgan Boş prokuratura axborot xizmati bilan boğlanib, internetda tarqalgan röyxat va unda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan rasmiy ma’lumot söradi. Özbekiston boş prokurori matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov bu haqda ma’lumotga ega bölişi bilan uni OAV uçun taqdim etişini bildirdi.

Avvalroq internetda namoyişçilar orasida turgan qizil kiyimli noma’lum şaxslar aks etgan suratlar tarqalgan, ular olomon içiga kiritilgan provokatorlar ekani va bir-birlarini tanişlari uçun ham bir xil kiyim kiyib olişgani, zarur paytda sodda insonlarning hissiyotlariga tegib, ğalayon yuzaga keltirişgani taxmin qilingandi.