Savdo-sanoat palatasi taklifiga köra, jahonning 54 mamlakatida 1100 dökonni birlaştiruvçi yirik brend “LC Waikiki” vitse-prezidenti Yasemin Tamer boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonda böldi. Delegatsiya yurtimizda öz laboratoriyasi va akademiyasini oçişni rejalaştirmoqda.

“LC Waikiki” vakillariga köra, kompaniya 2023 yilda Özbekiston korxonalariga kamida 35 mln dollarlik mahsulotga buyurtma berişni rejalaştirgan. Bu 1 oyda 1 mln, 1 yilda 12 mln dona tayyor kiyim-keçak degani. Bu mahsulotlarning barçasi trikotaj mahsulotlar hisoblanadi.

Uşbu brend yorliği ostida har yili 600 mln dona mahsulot işlab çiqariladi. Har daqiqada esa “LC Waikiki” brendiga tegişli 2000 dan ziyod mahsulot sotiladi. Brendning yillik tovar aylanmasi hajmi 2021 yilda 3 mlrd dollarga teng bölgan, 2022 yilda bu körsatkiç 4 mlrd dollardan oşişi kutilyapti.

“LC Waikiki” brendi Özbekistonda bir neçta muhim yönalişlardagi loyihalarda iştirok etişga qiziqiş bildirmoqda. Dastlabki yönaliş – töqimaçilik laboratoriyasini taşkil qiliş masalasi bölib, turk riteyleri bu borada katta tajribaga ega va qiymati 2 mln dollarga baholanayotgan laboratoriya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda taşkil etiladi. Qolaversa, “LC Waikiki” Özbekistonda tarmoq uçun malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan akademiya oçişni rejalaştirgan.

Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov iştirokida bölib ötgan muzokaralarda tomonlar har ikki yönalişdagi loyihalarni tez orada realizatsiya qilişga kelişib olişdi.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati Ⓣ