U Lisiçansk uçun jangda mağlub bölinganini tan olgan, ammo hozirgi bosqiçda qöşinlarni Ukraina Ğarbdan va’da qilingan qurollarni olişi bilan boşlanadigan bölajak qarşi hujumlar uçun saqlab qoliş muhimligini qayd etgan.

«Bizning harbiylar şaharni yana uzoq vaqt davomida tutib turişi mumkin edi, ammo hozirda Rossiya artilleriya va öq-dorilar borasida katta ustunlikka ega bölib qolmoqda. Ular şunçaki uzoqdan turib şaharni yakson etişi mumkin, bunday holatda esa qolişdan ma’no yöq. Biz qurşovda, öqlar yomğiri ostida ötirişga majbur bölardik. Şuning uçun barçani bir vaqtning özida olib ketişga töğri kelmasligi uçun qurşovga yöl qöymaslikka qaror qildik. Ğarbroqdagi oldindan mustahkamlab qöyilgan pozitsiyalarga ötib, şu yerdan rus armiyasiga qarşi kuraş davom ettirişga qaror qildik. Natijada barça bölinmalar şahardan yöqotişlarsiz çiqdi», degan Sergey Gayday BBC uçun intervyusida.

Uning izohlaşiça, Ukraina qurolli kuçlari Lisiçansk uçun jang olib borayotgan vaqtda boşqa ukrain bölinmalari Donetsk oblastida yangi mudofaa çiziğida istehkomlar tayyorlaşga muvaffaq bölişgan, uning fikriça, endi bu çiziq rossiyalik harbiylarning navbatdagi nişoniga aylanadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Lisiçansk egallangaç berilgan videomurojaatida Luhansk oblastidagi janglarda iştirok etgan harbiylar «dam olişi va öz harbiy imkoniyatlarini oşirişi kerakligi»ni aytdi, şuningdek boşqa uçastkalardagi Rossiya qöşinlarini «oldindan ma’qullangan rejalar» böyiça harakatlanişda davom ettirişga çaqirdi. «Umid qilamanki, ularning yönalişlarida ham barçasi xuddi Luhansk yönalişidagi kabi keçadi», degan prezident Putin.

Lisiçanskning qulaşi - Donbass uçun janglar yakuni emas
Jonatan Bil, BBC korrespondenti

Lisiçansk Şimoliy Don daryosining öng sohilida, Severodonetskka yondoş joylaşgan şahar. Bu şahar biroz yuqoriroqdaligi uning tabiiy mudofaasida tabiiy istehkom vazifasini ötaşiga umid qilingandi. Ammo uning atrofidagi halqa torayib bordi, şaharga kiriş va şahardan çiqiş yöllarining katta qismi Rossiya qöşinlari nazoratiga ötdi.

Sönggi hafta davomida ayrim ukrain bölinmalari qöşni mudofaa çiziğiga çekina boşladi.

Yakşanba kuni ukrain rasmiy şaxslari uşbu şahardagi vaziyat böyiça noodatiy tarzda sukut saqlaşdi. Buni qisman «operativ xavfsizlik» sifatida tuşuniş mumkin. Bunday taktik çekiniş haqida ma’lumot - ommaga e’lon qiliş uçun emas.