Qariyb 4 daqiqalik “massaj sessiyasi”da tibbiyot xodimi kiyimidagi noma’lum erkak kiçik yoşdagi bolani turli usullar bilan massaj qilgani, gödak jismoniy oğriqlarga doş berolmay yiğlagani körinadi.
Erkak tomonidan qöllanayotgan usullar xavfli ekani, tinimsiz yiğlayotgan bolaning asab tizimi şikastlanişi mumkinligi röyirost körinib turgan bölsa-da, video muallifi (ovoziga qaraganda ayol kişi) bamaylixotir tasvirga olişda davom etgan.
Kadr ortidagi ovozlardan xonada yana bir yoki ikki nafar ayol (yoki qiz) ham bölganini eşitiş mumkin.
Kuni keça Toşkentda ham tibbiyot talablariga mutlaqo mos bölmagan xuddi şunday uqalaş muolajasi amalga oşirilayotgani aks etgan videolavha internetda tarqalgan edi. Soğliqni saqlaş vazirligi massajçining tegişli na ruxsatnomasi, na sertifikati, na fizioterapiya yönalişidagi diplom va na malaka toifasi yöqligini ma’lum qilgandi.

Soğliqni saqlaş vazirligi yuqoridagi holatga huquqiy baho beriş uçun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganini ma’lum qilgan. Biroq şundan keyin huquq organlaridan hozirça izoh bölmadi.
Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari internetda tarqalgan videodagi massajçining xatti-harakatlarini qoralaşgandi. Uqalaş muolajasi çoğida kiçik yoşli bemorda qörquv bölmasligi, videoda aks etgan holatda esa bola yonida yaqini ötirganiga qaramay, tinimsiz yiğlab, bezovta bölayotgani, bu uning nafaqat jismoniy salomatligi, balki ruhiyatiga ham juda yomon ta’sir körsatişi, bunday şafqatsiz massajdan söng paylar jarohatlanişi va hatto suyaklar sinişi kuzatilişi mumkinligini ta’kidlaşgandi.
Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev ham holatga munosabat bildirib, ota-onalardan bunday şaxslarga farzandlarining taqdiri va salomatligini işonib topşirmaslikni söragan.












