Internetda şifokorlar maxsus kiyimidagi şaxs kiçik yoşdagi bolaga jismoniy oğriq berib, uqalaş muolajasi amalga oşirilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. SSV jamoatçilik örtasida muhokamalarga sabab bölayotgan uşbu voqea yuzasidan bayonot berdi.

Telegram’da tarqalgan videoda voqea Çilonzor tumanidagi 38-oilaviy poliklinikada tasvirga olingani aytiladi. Soğliqni saqlaş vazirligining aniqlik kiritişiça, videolavhadagi uqalaş seansi 38-oilaviy poliklinikada emas, balki uşbu muassasa binosining xususiy korxonaga tegişli bölgan qismidagi xonalardan birida amalga oşirilgan.
«Massaj muolajasini bajargan şaxs B.Z. bilan suhbatda u mazkur faoliyat bilan şuğullaniş uçun tegişli ruxsatnoma va sertifikatga, qolaversa, fizioterapiya yönalişida diplom va malaka toifasiga ega emasligini ma’lum qildi. Şu bois Soğliqni saqlaş vazirligi yuqoridagi holatga huquqiy baho beriş uçun huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi», deyiladi rasmiy bayonotda.
SSV matbuot xizmati Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining B.Z.ning xatti-harakatlari yuzasidan xulosalarini ham taqdim etgan.
Ahrorbek Jörayev, Bolalar ortopediyasi bölimi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor:
– Bolalar ortopediyasi amaliyotida uqalaş muolajalari keng qöllaniladi va buning qat’iy qoida hamda talablari mavjud. Mazkur jarayonda kasallik turi, bolaning yoşi va holati hisobga olinib, har bir bemorga individual yondaşilişi zarur.
Ammo eng muhim talablardan biri uqalaş muolajasi çoğida kiçik yoşli bemorda qörquv bölmasligi şart! Ammo videolavhada bola stress holatida ekanini kördik. Hatto yonida yaqini ötirganiga qaramay, tinimsiz yiğlab, bezovta bölmoqda. Bu uning nafaqat jismoniy salomatligi, balki ruhiyatiga ham juda yomon ta’sir körsatadi. Qisqa qilib aytganda, tibbiyotda bunday uqalaş muolajasiga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi.
Iskandar Xöjanov, Bolalar travmatologiyasi bölimi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor:
















