Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev şifokorlar maxsus kiyimidagi şaxs kiçik yoşdagi bolaga jismoniy oğriq berib, uqalaş muolajasi amalga oşirilayotgani aks etgan videolavha yuzasidan munosabat bildirdi. U ota-onalardan bunday şaxslarga farzandlarining taqdiri va salomatligini işonib topşirmaslikni söragan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «uqalaş muolajasi» bilan boğliq videolavha barçamizda e’tiroz va nafrat uyğotdi. Çunki uşbu xatti-harakatlar nafaqat tibbiyot, balki insoniylik tuyğulariga ham yotdir.

Vazirlikning bu kabi holatlarga nisbatan pozitsiyasi aniq va qat’iy: biz inson hayoti va salomatligiga xavf soladigan, qadr-qimmati va şa’nini toptovçi har qanday xatti-harakatga murosasiz munosabatdamiz. 

Şuning uçun ham mazkur masala yuzasidan örganiş natijalari va xulosalarimizni, xususan, uqalaş muolajasini bajargan şaxsning tegişli ruxsatnoma, sertifikat, ijara şartnomasi, fizioterapiya yönalişida diplom va malaka toifasiga ega  bölmay faoliyat yuritganiga doir faktlarni huquq-tartibot idoralariga taqdim etamiz. Işonamizki, tez orada uşbu holat öz huquqiy bahosini oladi. 

Şu örinda, ota-onalardan tegişli litsenziya, ruxsatnoma va malakaga ega bölmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini işonib topşirmasliklarini, agar bunday noqonuniy xatti-harakatlarga duç kelsa, darhol vazirlikning 71-241-10-67 yoki 71-241-82-40 telefon raqamlariga murojaat qilişlarini söraymiz», degan vazir. 

Avvalroq internetda şifokorlar maxsus kiyimidagi şaxs kiçik yoşdagi bolaga jismoniy oğriq berib, uqalaş muolajasi amalga oşirilayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. 

SSV uning fizioterapiya yönalişida diplom va malaka toifasiga ega emasligi aniqlanganini ma’lum qilgandi.