Rossiyaning «Tinkoff bank» kompaniyasi asosçisi va sobiq rahbari Oleg Tinkov leykoz (oqqon) kasalligidan töliq qutulganini e’lon qildi. U ijtimoiy tarmoqda oğir kasallik bilan kuraşayotganlarni sabr qilişga, murakkab davolaniş jarayoni qiyinçiliklariga çidaşga, soğayib ketişga bölgan umidni yöqotmaslikka çaqirdi.

Bunday diagnoz unga 2019 yil oktabr oyida qöyilgan edi. 2020 yilda biznesmen Germaniyada ilik transplantatsiyasi böyiça murakkab jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli ötdi. Şundan söng, Tinkov rossiyaliklarga ilik donorligi bilan şuğullaniş haqida öylab körişni maslahat berdi.

«Iltimos qilaman, donor böling va boşqa odamning hayotini saqlab qoling. Rossiyada atigi 130 ming donor bor, Germaniyada esa 7 million. Bu biz uçun uyat», — deb yozgan edi Tinkov.

U xotini bilan birga şunday katta muammo bilan şuğullanadigan jamğarma taşkil qilmoqçi ekanini ham qöşimça qilgan edi.

2021 yilda Tinkov AQŞda soliq jinoyatlarini sodir etişda ayblangan edi. Şundan söng, AQŞ sudi bilan kelişuvga erişib, yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya sifatida 506 mln dollar tölaşga rozi böldi.

2022 yil fevral oyida Oleg Tinkov ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadagi uruşni qoralagan postidan keyin, Rossiya hukumati uni «Tinkoff bank»dagi 35 foiz uluşini sotişga majbur qilganini aytdi. 

Keyinçalik, kompaniyaning yangi egalari rebrending ötkazib, «Tinkoff bank» nomini özgartirmoqçi ekanini e’lon qilişdi.