Ukrainada uruşning 136-kuni ötdi. Sönggi ma’lumotlar:

  • Rossiya Donbassdagi aholi punktlariga zarbalar berişda davom etmoqda. 9 iyul kuni Drujivka, Slovyansk, Kostyantinivka va boşqa qator şahar va qişloqlar öqqa tutilgan. Qurbonlar va yaralanganlar bor. Rossiyalik harbiylar Krivoy Rog (ikki kişi halok böldi), Xarkiv (yetti kişi jabrlandi, jumladan 12 yoşli qizça) va Mikolayivni (jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq) ham öqqa tutgan.
  • BMT inson huquqlari böyiça oliy komissari hisobotida Rossiya va Ukraina qöşinlari tinç aholi vakillari bölgan fuqarolik obektlaridan turib jang qilgani qayd etildi.
  • Belarusda V belgisi aks etgan harbiy texnikalar kolonnasini körişgan, kolonna Minskdan Bobruysk tomon harakatlangan. Ukrain harbiylari Belarus bilan çegarani minalaştirgan.
  • Ukraina rossiyalik harbiylarni Xerson oblastidagi buğdoy hosilini qasddan yöq qilişda aybladi, politsiya ma’lumotiga köra, hududda otişmalar tufayli har kuni örmon va buğdoy dalalarida yonğinlar bölmoqda.
  • Özini özi mustaqil deb olgan «DXR»da ölim jazosiga moratoriy bekor qilinişi ortidan «Azov» polkining ikki jangçisi ölimga hukm qilindi.

Quyida sönggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass

Donetsk oblastidagi Kostyantinivka şahrida yaşovçi 64 yoşli Volodimir rossiyaliklarning raketa zarbasidan şikastlangan uyiga qaramoqda. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 9 iyul kungi hujum oqibatida bu yerda bir kişi halok bölib, 18 kişi yaralangan. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Volodimir Kostyantinivkaga berilgan raketa zarbalari vaqtida yonib ketgan uyidan televizorni olib çiqmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kostyantinivkadan 22 kilometr masofada boşqa şahar — Drujivka joylaşgan. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga köra, rossiyalik harbiylar bu şaharga törtta raketa yöllagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA