Uruş boşlanganidan beri Germaniyaga 870 mingdan ortiq ukrainalik kelgan, ulardan 350 mingga yaqini butun mamlakat böylab bandlik markazlarida röyxatdan ötgan, deb xabar berdi RND duşanba, 11 iyul kuni Federal mehnat agentligi (Bundesagentur für Arbeit, BA) ma’lumotlariga tayanib.
Jami 876 461 ukrainalik Germaniyaga kelgan, deya xabar berdi BA. Bandlikka kömaklaşiş markazlari va şunga öxşaş şahar muassasalarida 353 ming 424 nafar, şu jumladan, 265 ming nafar mehnatga layoqatli yoşdagilar röyxatga olingan. 121 ming ukrainalik bolalar uçun nafaqa olişga ariza topşirdi, deb yozadi RND.
Uruş boşidan buyon mamlakatga kelgan Ukraina fuqarolari uçun 144 ming integratsiya kurslari tasdiqlandi. Ular çet elliklarga mamlakatning kundalik hayotiga könikiş, til örganiş va iş topişga yordam beradigan maxsus kurslardir.
Tegişli böş iş örinlarini topişdagi qiyinçiliklar nomzodlarning aksariyati (75 foizdan ortiği) ayollar ekani bilan boğliq, ular bir vaqtning özida kurslarga qatnab, bolalarga qaraşi kerak, deyiladi BA hisobotida. Iş beruvçilar til bilmaslikni yana bir jiddiy tösiq deb atayapti.
Agentlik mehnat bozoridagi vaziyatni «barqaror» deb körsatmoqda. «Ukrainalik qoçqinlar mehnat bozorida qay darajada uzoq muddatli rol öynaşi voqealar rivojiga va ularning mamlakatda qança vaqt qolişiga boğliq», deyiladi BA hisobotida. Qoçqinlar oqimi har qanday holatda ham işsizlikning oşişiga olib keladi, çunki uruşdan qoçgan suriyaliklardan farqli ölaroq, Ukraina fuqarolari Hartz IV nafaqasini oladi va mehnat bozoriga qöşiliş huquqiga ega, deb yozadi idora.












