“Nodavlat sport-ta’lim muassasalarida olimpiya va paralimpiya sport turlari böyiça sportçilarni tayyorlaş va ularni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 iyuldan sport sohasidagi maktabdan taşqari nodavlat sport-ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning quyidagi çoralari joriy etiladi:
- yozgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida ğolib hamda sovrindor bölgan sportçilar tomonidan taşkil etilgan nodavlat sport-ta’lim muassasasi uçun davlatning bino va inşootlarini 2024 yil 1 yanvargaça ijara tölovlarisiz beriş;
- 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargaça nodavlat sport-ta’lim muassasasi tomonidan xizmatlarni körsatiş uçun foydalaniladigan bino va inşootlar ijara tölovi xarajatlarini 50 foizga kamaytiriş.
Nodavlat sport-ta’lim muassasasini bojxona bojini tölaşdan ozod qilişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqiladi.
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ğolib va sovrindor bölgan sportçilarni tayyorlagan nodavlat sport-ta’lim muassasalari trenerlariga bir martalik pul mukofotlari tölanadi.












