Röyxat AQŞ Moliya vazirligining ikki bölimi – Moliyaviy jinoyatlarga qarşi kuraş tarmoği (FinCEN) va Sanoat va xavfsizlik byurosi (BIS) tavsiyalari asosida e’lon qilingan.
Idoralar moliya institutlarini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi munosabati bilan joriy qilingan eksport nazoratidan «jismoniy yoki yuridik şaxslarning qoçişga urinişlariga qarşi huşyor turişga» çaqirdi.
Özbekistondan taşqari, Gruziya, Armaniston, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Qozoğiston, Qirğiziston, Meksika, Nikaragua, Serbiya, Singapur, Janubiy Afrika, Tayvan, Tojikiston, Turkiya va BAA davlatlari ham sanksiya qöyilgan tovarlarni tranzit qilib ötkazişi mumkin bölgan davlatlar röyxatiga kiritilgan.
Qayd etilişiça, nazorat qilinadigan tovarlarni mazkur röyxatdagi davlatlarga qonuniy ravişda xomaşyo sifatida eksport qiliş mumkin, biroq ularni keyinçalik Rossiya Federatsiyasi yoki Belarusga «qöşimça yuk taşiş punktlari hisobidan» eksport qiliş ayrim hollarda taqiqlanadi.
BIS harbiy maqsadlarda işlatilişi mumkin bölgan alohida «taşvişga sabab böluvçi» tovarlar sanab ötgan: samolyotlar uçun ehtiyot qismlari, gidroakustika tizimlari, antennalar, spektrofotometrlar, sinov uskunalari, GPS tizimlari, vakuum nasoslari va neft konlarida foydalaniladigan uskunalar.
Avvalroq AQŞ Rossiya Federatsiyasi harbiy-sanoat kompleksini qöllab-quvvatlagan Özbekiston kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etgani haqida xabar berilgandi.












