«Çiroqlar xiralaştirilsin, issiq suv darajasi pasaytirilsin»

Yevropa allaqaçon Rossiya gazni uzib qöyişi xavfiga tayyorgarlikni boşlagan. Germaniyada issiq suv darajasini pasaytirişgan, şuningdek, köçalardagi yoritgiçlar nurini ham. Endi Yevropa uşbu favqulodda holatga mamlakatlar miqyosida alohida emas, birgalikda tayyorlanişni boşlamoqda. Bu boradagi reja bir hafta içida e’lon qilinişi kutilmoqda.

«Vaziyat juda jiddiy va inqiroz bundan ham yomonroq holatgaça borişi mumkin. Rossiya gaz yetkazib berişni yanada kamaytirişini istisno qilib bölmaydi», degandi ruslar «Şimoliy oqim»da göyoki profilaktika işlari boşlanişi haqida e’lon qilişidan biroz avval yevrokomissar Kadri Simson.

Uç yil avval «Gazprom» Yevropaga kuniga 500 million kubmetr gaz sotgan. Joriy yil may oyiga kelib bu körsatkiç kunlik 250 million kubmetrgaça tuşdi. Iyulda esa ruslar Yevropaga kuniga 140 million kubmetr gaz bermoqda. Turkiyadan ötadigan «Turk oqimi» ötkazgiçida olib borilgan tuzatiş işlari sabab kunlik yetkazib beriş hajmi 100 million kubmetrgaça kamayib ketgandi. Yaqin 10 kunda esa Yevropa kuniga 75 million kubmetr gaz olişi kutilmoqda.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenning aytişiça, bundan keyin ahvol faqat yomonlaşişi mumkin va Rossiya gazni butunlay uzib qöyişiga tayyorlanaveriş kerak.

Yevropa Ittifoqidagi 27 davlat dunyodagi ikkinçi eng yirik iqtisodiyot vakillari sifatida (ittifoq davatlari körsatkiçlari bu borada birga hisoblanadi) 450 million aholisini juda çuqur energetik inqirozdan olib çiqişi kerak böladi. Bu esa birdamlikda harakat qiliş zarurligini körsatmoqda. Joriy hafta yakunida ittifoq davlatlari energetik inqiroz keltirib çiqargan favqulodda vaziyatga qarşi çora-tadbirlar işlab çiqadi.

Uşbu rejadan nimalar örin olişi aniq emas, ammo ikkita asosiy yönaliş ma’lum. Birinçidan, mavjud zaxiralar teng taqsimlanişi. Bu inqiroz qarşisida barça bir xil holatda bölişini ta’minlaydi. Buning uçun zaxirasi köp davlatlar gazni ulaşişi, boy davlatlar kambağalroqlariga yordam berişi kerak böladi. Ikkinçidan, davlatlar talabni birgalikda qisqartirişga kelişib oladi. Ya’ni, qaysi sohalarda energiyani tejaş va gaz butunlay tugab qolsa, birinçi bölib kimni tarmoqdan uziş borasida.

Putin energetik fojia bilan tahdid qilmoqda