Özbekiston delegatsiyasining Rossiyaga bölajak taşrifi haqida ma’lumot berildi. Taşqi işlar vazirligi rasmiy axborot bilan çiqdi.
2022 yil 11-12 iyul kunlari taşqi işlar vaziri v.b. Vladimir Norov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Rossiyaga taşrif buyuradi.
Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, taşrif doirasida Rossiya parlamenti, Taşqi işlar vazirligi va boşqa idoralarda qator uçraşuvlar va muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan.
Şuningdek, taşrif dasturida rossiyalik ekspertlar, vatandoşlar, özbek diasporasi va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida davra suhbati ötkazilişi közda tutilgan.












