Doimiy hakamlik sudi palatasi (DHSP) vositaçiligida taşkil etilgan xalqaro arbitraj 2018 yilda Kerç böğozida ukrainalik dengizçilarning asirga olinişi böyiça Ukrainaning Rossiyaga qarşi da’vosini körib çiqişni davom ettiriş vakolatiga ega ekanligini tan oldi. Bu haqda 11 iyul, duşanba kuni çop etilgan DHSP press-relizida aytiladi.

Sud qarorida ta’kidlanganidek, arbitraj «taraflar örtasidagi nizo böyiça yurisdiksiyaga ega». 2018 yil 25 noyabrdagi voqealar harbiy harakatlar bölib, arbitraj yurisdiksiyasiga kirmasa-da, keyinçalik Ukraina kemalari va dengizçilarining hibsga olinişi harbiy harakatlar hisoblanmaydi va şuning uçun arbitrajning yurisdiksiyasiga kirişi mumkin, deya tuşuntirdi sud. 

Voqealarning «harbiy harakatlar» hisoblanmasligi böyiça aniq vaqt işni mohiyatan körib çiqiş jarayonida aniqlaştiriladi, deya ta’kidladi DHSP. Endi arbitraj işni körib çiqişni davom ettiradi, Rossiya tomonida esa qarşi memorandum tayyorlaş uçun olti oy vaqt bor. 

2018 yilning 25 noyabr kuni Ukrainaning uçta harbiy kemasi «Berdyansk», «Nikopol» va «Yani Kapu» reyd buksiri Azov dengizida Odessadan Mariupolga ötişga uringandi. Rossiya Ukraina tomonini Qrim qirğoqlari yaqinida Rossiya «hududiy dengizi» çegarasini buzganlikda ayblab, kemalarga qarata öq uzdi va ularni ekipaj bilan birga qölga oldi. Keyin qölga olingan kemalar Kerçga jönatildi, 24 nafar ukrainalik dengizçi hibsga olindi. 2019 yilda kemalar Ukrainaga qaytarildi, dengizçilar esa rossiyaliklarga almaştirildi. 

2019 yil aprel oyida Ukraina Haagadagi Xalqaro arbitraj sudiga Rossiyadan BMTning dengiz huquqi töğrisidagi konvensiyasini buzganligini bildirib, murojaat qilgan. 2020 yil avgust oyida Rossiya tomoni arbitrajning işni körib çiqiş huquqini şubha ostiga qöyib, bunga e’tiroz bildirdi. Mamlakat nizo harbiy harakatlarga taalluqli ekani, şu sababli xalqaro arbitraj yurisdiksiyasiga kirmasligini bildirgan. Endi arbitraj Rossiyaning e’tirozlarini rad etdi.