Uçraşuvda keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar bosqiçma-bosqiç rivojlanib borayotgani, mamlakatlar örtasida siyosiy va iqtisodiy sohadagi muloqotlar faollaşgani ijobiy baholandi.
— Davlatlar rahbarlari ötgan yili sentabr oyida Duşanbe şahrida bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkiloti va noyabr oyida Aşxobod şahrida bölib ötgan Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammitlari doirasida bölib ötgan oliy darajadagi muloqotlarda ikki mamlakatlar örtasidagi amaliy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu esa ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar yanada rivojlanişida muhim omil bölmoqda, — dedi spiker Nurdinjon Ismoilov.
Mazkur uçraşuvlar asnosida ilgari surilgan takliflar amaliy ijrosi kelajakda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-logistika, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik munosabatlarni yanada rivojlanişiga xizmat qiladi.
Muloqot çoğida mehmonga mamlakat parlamenti, xususan, Qonunçilik palatasi qonunçilik faoliyati, norma ijodkorligi, qömita va fraksiyalari iş uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida sözlab berildi.
M. Qolibof konstruktiv va amaliy ruhdagi muloqotlarni izçil davom ettiriş, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişda muhim omil bölgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş, şu yönalişdagi muloqotlarni köpaytiriş har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.
Uçraşuv çoğida Özbekiston-Eron örtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, uni yangi mazmun bilan boyitiş, norma ijodkorligi sohasida tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Özbekiston va Eron örtasidagi amaliy hamkorlikni har tomonlama mustahkamlaşda parlamentlar rolini kuçaytirişga kelişib oldi.












